Dunyo

O'zbekiston fuqarolari birinchi marta davlat tomonidan Turkiyaga ishga jo'natiladi

O'zbekiston birinchi marta Turkiyaga ishlash uchun tashkillashtirilgan tarzda odam yuboradi. Bu haqda 12 mart kuni Podrobno.uz nashri Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga tayanib habar berdi.

Habarda aytilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Turkiyaning Taiga group shirkati bu boradagi shartnomani dushanba kuni Toshkentda bo'lib o'tgan muzokaralardan so'ng imzolagan.

Ma'lum qilinishicha, 2006 yilda tashkil qilingan Taiga group shirkati turizm, mehnat migrantlarini qonuniy hujjatlar bilan ta'minlash va talabalarning Turkiya hududida amaliyotni o'tashini uyushtirish kabi masalalar bilan shug'ullanadi.

Turkiya shirkati O'zbekistondan Turkiya mehmonhonalarida ishlash uchun farroshlar, animatorlar, ofitsiantlar, barmenlar, oshpazlarni yig'moqda. Habarda aytilishicha, o'rtacha ish haqi sifatida 430 dollar va'da qilinayotir.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Turkiyada ishlash istagani bildirganlar Agentlikka17 martgacha murojaat qilishlari mumkinligini ham bildirdi.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM