Dunyo

Chanoqqal'a zafarining 103 yilligi

Bugun Chanoqqal'a zafarining 103 yilligi. Shu kun 103 yil avval Birinchi jahon urushi chog'ida, 1915-1916 yillar ichida davom 'etgan Evropaning bir necha ittifoq davlatlari va Turkiya o'rtasidagi dengiz va quruqlikda kechgan jangda turklar o'z tarihlaridagi buyuk g'alabalardan biriga 'erishgan 'edilar. Bu zafar nafaqat Turkiya turklarining, balki butun turklarning, TURK DUNYoSINING ZAFARIDIR.

'E'tiboringizga Chanoqqal'a janggi bilan bog'liq bir hotirani havola qilamiz:

“Agar otang kelsa, onam seni kutayapti degin…”

Baliqasirda Ali Suririy boshlang'ich maktabining qarshisidagi ochiqlikda… 'Eski poyafzal ta'mirlovchisi… Qishloqlik, uzun mo'ylov qo'ygan bir chol… Javdat bobo bor 'edi. Bir kuni oqshom vaqti suhbat chog'ida Chanoqqal'a mavzusi ochildi. Otahon yig'lay boshladi va davom 'etdi… “Rahmatli otam Hafiz Ali… Chanoqqal'ada shahid bo'lgan vaqtda… men onam qornida etti oylik bo'lgan 'ekanman. Uni hech ko'ra olmadim… Bir dona surati ham yo'q 'edi… U kunlar… Juda og'ir kunlar 'edi. Safarbarlik muammosi, Milliy kuchlar vaqti, ishg'ol yillari… Qutulish, yo'qlik, muammo.

Bolaligimiz bir burda nonga muhtojlik bilan kechdi, ammo onam bolaligimdanoq har safar ko'chaga chiqishidan avval, qaerga ketmoqchi bo'lsa ham yonimga kelardi va .. – O'g'lim men bozorga ketayapman, otang kelsa darrov meni chaqir ho'p!…

–Men holanglarnikiga ketayapman. Otang kelsa meni darrov chaqir ho'p!..
Men qo'shnilarnikiga chiqayapman. Otang kelsa meni darrov chaqir ho'p!.. – der 'edi.
Onam otamni kutishdan to'htamadi…
Ulg'aydim, do'kon ochdim…
Onam yana har bir erga ketishda…
Do'konga kelar, ketmoqchi bo'lgan joyini aytar va otang kelsa, darhol meni chaqir ho'p!.. derdi.
Oradan yillar o'tdi, onajonim qaridi. Yana hassasiga tayanib mening oldimga kelar va “Otang kelsa meni chaqir ho'p!..” deya ogohlantirardi…
Bir kun kelib ahvoli og'irlashdi…
O'lim to'shagida biz bilan vidolashdi… “Menga yahshi qaradingiz, haqqingizni halol qiling”- dedi.
Men tarafga qarab sekin “Agar otang kelsa, unga onam seni kutdi, degin, ho'pmi” dedi.
Shu vaqt to'satdan hayrat ichida 'eshikka qaradi va kulimsiradi: “Hush kelding begim, hush kelding!…, – dedi va jonini taslim 'etdi!…”

Chanoqqal'adagi shahidlarimizning shafoatlarini nasib qil bizga yo Allohim!

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM