Markaziy Osiyo

Navro'z kuni “Islom davlati” Kobulda amalga oshirgan portlashdan 26 kishi o'ldi

Afg'oniston poytahtida 21 mart, Navro'z kuni amalga oshirilgan portlash uchun mas'uliyatni “Islom davlati” 'ekstremistik guruhi o'z zimmasiga oldi. Bu haqda tilga olingan guruhga aloqador “Amaq” ahborot agentligi habar qildi.

Habarda aytilishicha, hudkush shahs portlashni Afg'onistondagi diniy ozchilik – shialar Navro'zni nishonlayotgan vaqtda amalga oshirgan.

Afg'oniston ichki ishlar vazirligiga ko'ra, portlashdan kamida 26 kishi nobud bo'lgan, 18 kishi yaralangan. Qurbon bo'lganlarning aksariyati tinch aholi vakillaridir. Rasmiylarning aytishicha, qurbonlar soni ko'payishi mumkin.

Portlash Kobul shahridagi Kart-i-Shakhiy masjidi oldida sodir bo'ldi. Hudkush tanasiga boylangan portlovchi moslamani Masjidga kiraverishda portlatgan.

So'nggi oylarda Kobulda “Tolibon” va “Islom davlati” guruhlari hujumlari ko'paygan.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM