Dunyo

Telegram Rossiya sudi qarori ustidan Evropa sudiga murojaat qildi

Posted on by in , with 0 Comments

Telegram Messenger shirkati Evropa inson huquqlari bo'yicha sudiga 800 ming rubl' miqdorida jarima solish to'g'risidagi Rossiya mahkamasi qarori ustidan shikoyat qildi.

Rossiya sudi Telegram Federal havfsizlik hizmatiga foydalanuvchilarning yozishmalarini o'qishga imkoniyat beruvchi shifrlarni taqdim 'etishdan bosh tortgani ortidan shunday qaror chiqargan 'edi.

20 mart kuni Rossiya Oliy sudi Telegramning Federal havfsizlik hizmatiga nisbatan da'vo arizasini ko'rib chiqishdan bosh tortdi.

Messenjer vakillari mahsus hizmatlarning foydalanauvchilar yozishmalari shifri kalitini taqdim 'etish to'g'risidagi talabi Rossiya Konstitutsiyasiga zid kelishini bildirmoqda.

Oliy sud da'vo arizasini ko'rib chiqishdan bosh tortganidan so'ng Roskomnadzor Telegram rahbariyatiga Federal havfsizlik hizmati buyrug'ini 15 kun ichida bajarish talab qilingan rasmiy maktub jo'natdi. Mazkur muhlat yakunlanganidan so'ng Roskomnadzor Telegram messenjerini to'sib qo'yishni so'rab sudga murojaat qilishi mumkin.

Bunday ogohlantiruvga qaramay¸ Telegram asoschisi Pavek Durov¸ Federal havfsizlik hizmati so'rovi qondirilmasligini aytmoqda.

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM