O'zbekiston

MHHdan DHHga aylangan idora faoliyatiga oid qonun qabul qilindi

“Ozodlik” radiosining habar berishicha, 29 mart kungi majlisida Oliy Majlis Senati “O'zbekiston Respublikasi Davlat havfsizlik hizmati to'g'risida”gi qonunni qabul qilgan.

Bu qonun prezident Shavkat Mirziyoevning 14 mart kungi “O'zbekiston Respublikasining davlat havfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

Qonunda Davlat havfsizlik hizmati (DHH) O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yahlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi mahsus vakolatli organ 'etib belgilandi.

Qonunga muvofiq¸ davlat chegaralarini qo'riqlash¸ razvedka va kontrazvedka uchun mas'ul DHHga “terrorizm, 'ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog', giyohvandlik vositalari va psihotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va havfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ'ib 'etishga qaratilgan buzg'unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish bo'yicha faoliyat olib borish¸” vakolati ham berildi.

Yangi qonunda DHHga davlat idoralari¸ jamoatchilik tashkilotlari va tadbirkorlik faoliyatiga aralashish vakolati berilmagan.

Ayni paytda¸ qonunda DHH huzurida davlat havfsizligi bilan shug'ullanuvchi tizimlar ustidan jamoatchilik nazorati o'rnatuvchi maslahat kengashi tuzish ko'zda tutiladi.

Mazkur qonun prezident imzolagan kundan boshlab¸ kuchga kiradi.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM