O'zbekiston

Malohat 'Eshonqulova: “Salaevning gaplari bir-biriga zid 'edi”

Bugun, 2018 yilning 29 mart kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudida Bobomurod Abdullaev, Hayothon Nasriddinov, Ravshan Salaev va Shavkat Olloyorovlar sudining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Sudning bu majlisida ayblanuvchi Ravshan Salaevning ko'rsatmalari tinglandi.

Bu hususda jurnalist Malohat 'Eshonqulova shunday xabar qiladi:

“Ravshan Salaev o'zining kurakda turmaydigan ko'rsatmalarini sudga taqdim 'etdi. Zalda o'tirganlar Ravshan Salaevning ko'rsatmalariga salbiy reaktsiya ko'rsatdi.

Ravshan Salaevga advokatlar savol berdi. Salaevning gaplari poymo-poy, bir-biriga zid 'edi.

Ravshan Salaevning birinchi aytgan gapi shu bo'ldi, “2013 yili Muhammad Solih menga qo'ng'iroq qilib, Bobomurod bizning odamimiz bo'ladi, oldingga boradi, unga har qanday yordamlaringni ayamaysan, og'zingdan gullab qo'yadigan bo'lsang, seni bilamiz, oilangni bilamiz, deb qo'rqitti.”

“2006 yilda Bobomurod Abdullaev keldi, bu voqea kabinetimda ro'y berdi, menga aytdi-ki, Qoraqalpog'iston Yuqori Kengashi raisi (ismi 'esimda yo'q), shu odamning uyida portlash uyushtiramiz, hamma qonun idoralari portlash bilan ovora bo'lib qolganda, biz Muhammad Solihning ukasi Muhammad Begjonni “Jasliq” qamoqxonasidan qutqaramiz, deb rejasini aytib berdi”, dedi Ravshan Salaev o'z ko'rsatmasida.

Ravshan Salaevning bu gaplarini Bobomurod Abdullaevning ikkinchi advokati Munojot Parpieva o'z savollari bilan yo'qqa chiqardi. Sud majlisida qatnashyotgan Muhammad Begjondan so'raldi, “siz qaysi paytlarda “Jasliq”da bo'gansiz”, deb.

Muhammad Begjon “2002 yil aprelidan boshlab, “Jasliq”da 8 oy bo'lganman” dedi.

Ya'ni, Ravshan Salaev “voqea 2006 yilda bo'ldi” deb o'z yolg'onchiligini hammaga fosh qildi.

Keyin Ravshan Salaev aytdiki, “Muhammad Solih mendan 100 ming dolar istadi, agar bermasang yana ustiga qo'shiladi, deb aytdi”, dedi.

Ravshan Salaev yana “Jatva” 2012 yildan boshlandi, bular Afg'onistondan, Qirg'izistondan O'zbekistonga kirishmoqchi 'edi”, deb yubordi.

“Buni qaerda 'eshtgansiz?”, degan savolga Ravshan Salaev “Jatva” haqida birinchi marta MHH tergov izolyatorida 'eshtdim”, deb javob berdi va o'zining yolg'on gapirayotganini yana bir marta isbotladi.

Yana Ravshan Salaev shunday dedi: “Bobomurod menga “Jatva” haqida hech gapirmagan, u doim qizimning izidan kuzatib yurardi, undan qo'rqardim dedi va yana Ravshan Salaev “men Bobomurodga ko'p qarzlar berganman, doim mendan pul qarz so'rab kelardi. Bobomurod qabulhonada soatlarcha kutib o'tirardi” dedi,

Shunda savol berishdi Salaevga: “Bobomurodni ham soatlarcha kuttirasiz, pul beraman deb, ham qo'rqasiz Bobomuroddan. Qaysi gapingizga ishonish mumkin” deyishdi…

Men boshqa ishim chiqdi, mahkamaning ohirigacha o'tiraolmadim”.

(Malohat 'Eshonqulovaning bu habari uning ovozidan yozib olindi)

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM