O'zbekiston

Alam qildi

Rossiyaning Kemerovosidagi “Qish olchasi” (Zimnyaya Vishnya) savdo-istirohat markazida yuz bergan fojea Qozog'istonning Oqto'basida avtobusda 52 nafar o'zbek tiklayin yonib ketgani voqeasidan nimasi bilan farq qiladi?

Har ikkisi ham ulkan dard, millionlab insonlar qalbini junbushga keltirgan o'ta qayg'uli falokat.

Faqat ruslar o'z qurbonlari uchun umummilliy motam 'e'lon qildi. O'zbeklar 'esa shu kuni telekanallaru radiolarida vadavang qilib kontsert berdi.

Shunisi alam qildi. Ularning qurbonlarining qadri biznikilardan ko'ra shunchalik balandmi?

Salkam 150 millionlik Rossiya etmishga yaqin qurbon uchun motam tutdi. 32 millionlik O'zbekiston uchun 'esa mamlakatda motam tutish uchun 52 vatandosh kamlik qildi go'yoki.

Buni faqat qiyoslash uchun aytyapmiz. Zero, hatto bunday fojealarda bitta o'lim ham qayg'uli.

Rossiyaning hukumati biznikidan ko'ra farosatliroqmikin?! Yoki bunday katta fojealarni ko'rib, ko'zi pishib, qachon qanday harakat qilishga ko'nikib qolganmikin?

Aslida biznikilar bunday qurbonliklarga ko'nikib qolishidan yaratganning o'zi asrasin. Shu 52 yurtdoshning o'limi ham qanchalarning qaddini lol qildi.

To'g'ri, hukumatimiz bir vaqtlardagidek millionlab mardikorlarni yalqovlikda ayblab, dunyoga kulgi bo'lgani yo'q. Qurbonlarning yaqinlariga elkadosh bo'lishga urindi.

Ammo viloyat hokimi nomard chiqdi. O'lganning ustiga tepgan qilib, shu fojea sabab butun bir tuman aholisini haromi deb haqoratladi.

Rossiyalik hokim mitingga chiqqanlarni provokatorlar degani uchun bugun salkam yarim Rossiya uning iste'fosini talab qilib yotibdi.

Bitta-ikkita ziyolini aytmasa, biznikilar o'zimizning vallomat ko'rsatgan “hunar” ortidan ovozini ham chiqarmadi. Ovozini chiqargan ayrim jurnalistlar 'esa hokimni oqlash bilan ovora bo'ldi.

Holimizga achindim.

Lekin bitta savol qiynaydi: o'zbekning qadri shuncha pastmi?

Bahodir Sharif
Manba: eltuz.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM