Bosh mavzular

Bobomurod Abdullaev sudda ko'rsatma berishni tugatdi

“Ozodlik” radiosining habar berishicha, Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo'yicha sudida sud'ya Zafar Nurmatov raisligida 29 mart kuni jurnalist Bobomurod Abdullaev, blogger Hayothon Nasriddinov hamda ikki tadbirkor Ravshan Salaev hamda Shavkatjon Olloyorovlar ustidan mahkama davom 'etdi.

Abdullaev suddagi ko'rsatmasini tugatdi

29 mart kuni O'zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuzda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev 7 mart kunidan boshlab¸ 15-26-27-28 mart kungi sud majlislarida davom 'ettirgan ko'rsatmasini tugalladi.

Mazkur jaraënning hozirgacha o'tkazilgan barcha majlisida qatnashgan huquq faoli A'zam Turg'unovning 29 mart kuni “Ozodlik” radiosiga bildirishicha¸ ayblanuvchi Abdullaev o'z ko'rsatmasini:

“Menda davlatni to'ntarish niyati bo'lmagan. Jurnalist sifatida o'zim bilgan narsalarni boshqalar ham bilsin¸ degan maqsadda maqolalar ëzdim. Agar men bu maqolalarni o'z tahallusim bilan ëzganimda¸ birinchi maqolamdan keyin hibsga olinar 'edim va boshqa yuzdan oshiq maqola ëzilmay qolgan bo'lar 'edi. Maqolalardagi noaniqlik va haqorat alomatlari uchun qonun oldida javob berishga tayërman”¸ deya yakunlagan.

“Usmon Haqnazarov” 'etimologiyasi

A'zam Turg'unovning aytishicha¸ ko'rsatmani tinglab bo'lgan Toshkent shahar sudi sud'yasi Zafar Nurmatov ayblanuvchi Abdullaevga qarab “Nega aynan Usmon Haqnazarov tahallusi ostida ëzgansiz” deb so'ragan. Bunga javoban Abdullaev:

“Taniqli shoira Gulchehra Nurullaevaning 'eri Usmon aka misolida jasurlik¸ odillik kabi hislatlarni ko'rganim uchun Usmon ismini oldim. Haqnazarov 'esa haq nazar¸ ya'ni to'g'ri nigoh degan ma'noni beradi”¸ deb javob bergan.

Sudlanuvchilar aytishuvi va haqoratli ko'rsatma

Turg'unovga ko'ra¸ sudlanuvchi Ravshan Salaev va Shavkat Olloërovlar 29 mart kungi sud majlisida so'zga chiqib¸ Abdullaevga qarshi ko'rsatma bergan.

Jumladan¸ Ravshan Salaev “Bobomurod O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovni ëmon ko'rgani uchun bu maqolalarni ëzganligini” aytgan. Jaraënni kuzataëtgan jurnalist Aleksey Volosevichning “Ozodlik” radiosiga 29 mart kuni bildirishicha¸ Salaev o'z nutqida Bobomurod shahsiga tegadigan jumlalarni qo'llagan.

Buning ortidan sud majlisiga raislik qilayotgan Zafar Nurmatov sudlanuvchilarni bir-birlarini hurmat qilish va aybsizlik prezumptsiyasi tamoyiliga rioya 'etishga chaqirgan.

Matbuot qiziqishi

“Usmon Haqnazarov” tahallusi bilan aksilhukumat va ziddiyatli maqolalar yozgan jurnalist ustidan o'tkazilaëtgan sud halqaro ommaviy ahborot vositalari va halqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlarining 'e'tiborida qolmoqda.

Sud majlislarida, 26-27 mart kunlari ” Toshkentda bo'lib o'tgan “Tinchlik jarayoni, havfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” deb nomlangan halqaro konferentsiyani ëritishga kelgan jurnalistlarning qatnashgani kuzatildi.

Hususan¸ Bobomurod Abdullaev, Hayothon Nasriddinov, Ravshan Salaev va Shavkatjon Olloyorovlarning mahkamasini rossiyalik taniqli jurnalist Arkadiy Dubnov, Ferghananews ahborot agentligi bosh muharriri Daniil Kislov ham bevosita kuzatmoqda.

Shu bilan birga O'zbekistondagi mahalliy ahborot vositalari ham mazkur jaraënni holis ëritishga harakat qilmoqda.

Bobomurod Abdullaev va Haët Nasriddinovlar Shavkat Mirziëev hokimiyatga kelgandan beri hibsga olingan birinchi jurnalistlardir.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM