Mahsus dastur

Konstitutsion tuzumni nechta kishi ag'darishi mumkin?

“Bobomurod Abdulloh-Usmon Haqnazar ishi” bo'yicha hibsga olingan 4 ta kishidan 3 tasi so'roq qilinib, ko'rsatmalar berishni tamomladilar.

Bular – jurnalist Bobomurod Abdulloh, ishbilarmon Rovshan Salaev va restoranchi Shavkat Olloyorovlar.

Bobomurod Abdullohning ko'rsatma berish jarayoni shu qadar keng miqyosli va keng qirrali bo'ldiki, u mahkamaning uchta o'tirimiga zo'rg'a sig'dirildi. Qolgan 2 ayblanuvchining ko'rsatma jarayoni 'esa bir o'tirimga jo bo'ldi.

Bu ayblanuvchilarning nafaqat shahsiy va ijtimoiy vaznini, balki ularning intellektual saviyasi va kishiligini belgilaydigan ham bir jihat 'edi.

Haqiqatan ham, Bobomurodni sukunat va uch kun davomida hayrat ichida tinglagan 60 kishilik olomon navbat Rovshan Salaevga kelganda sabrsiz va asabiy bir jomiaga aylandi.

Bu jomia sahnaga yana bir Bobomurodmonand mahbus chiqaolmaslgini bilib turgan bo'lsa-da, uning o'rniga kelgan odamdan loaqal mahkama jarayonini jo'nlashtirmasligini istardi go'yo. Bu insonlar uch o'tirimda olingan ma'naviy va intellektual zavqni yo'qotishni istamasdi.

Afsuski, kutilganidek bo'ldi.

Bobomuroddan keyin ko'rsatma bergan Rovshan Salaev o'z rolini o'ynadi – bachkana, yolg'onchi va hatto bir dayus rolini o'ynadi. Butun aytgan gaplari ahloqsiz va madaniyatsiz bir uslubda Bobomurodga hurujdan iborat bo'ldi. Hech bir isbot va dalilsiz hurujlar. Poyma-poy biri ikkinchisga zid so'zlar. Masharoboz oh-vohlari, tiz cho'kib “sevgili davlat”ga ishq izhorlari.

Bu harakteri bilan bu kimsa Karimov rejimining qamoqqa tushib qolgan kichik modeli 'edi go'yo.

Rovshan o'zining kenja qiziga go'yo Bobomurod hushtor bo'lganini 'e'lon qilganda zalda o'tirganlar bu dayuslikka qarshi o'z jirkanishini uzun bir “ufff” bilan ifoda 'etdilar.

Undan “Jatva” haqida so'radilar. U “Jatva” 2006 yilda boshlangan, Muhammad Solih Tojikiston va Qirg'izistondan O'zbekistonga bostirib kirmoqchi 'edi”, deganda zal miyig'ida kuldi.

Keyin “Jatva” degan narsani birinchi marta qaerda 'eshitding, deb so'radilar.

Rovshan kiprik ham qoqmasdan “birinchi marta “Jatva” haqda yaqinda MHH tergov izolyatorida 'eshitdim!” deb, o'zining mudhish paradoksi bilan asabiy zalni qah-qah otishga majbur qildi.

Ammo…ammo shu aql saviyasi bilan ham, shu madaniyat va shu qashshoq iymon bilan ham bu zot O'zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksidagi 159/4 moddasidagi konstitutsion tuzumga tajovuz aybini bo'yniga olgani yo'q!

Idroklarni sochday hurpaytirgan on – bu ondir!

Rovshandan keyin chiqib gapirgan uyatchan, mo'min va oddiy restoranchi Shavkat ham bu aybni bo'yniga olmadi.

Bobmurod Abdulla zotan birinchi bo'lib unga qo'yilayotgan bu dahshatli aybni keskin rad qilgandi.

Bu to'rtta ayblanuvchilardan so'nggisi bo'lgan jurnalist Hayothon Nasriddinov ” men aybimni to'la bo'ynimga olaman” deb 'e'lon qilgandi ilk o'tirimda.

Dushanba kuni Nasriddinov so'zidan tonmagan bo'lsa, bitta kishining ham bu savil Konstitutsion tuzumni bemalol ag'darib tashlashi mumkinligini dunyoga namoyish qilishi kerak.

Namoyish qilsa qildi, qilolmasa ham, baribir undan yuz o'girmaymiz.

Bu safar bo'lmasa, boshqa safar.

Bu ishni mutloqo BITTA o'zi uddalaydi!

Muhammad Solih

Manba: uzxalqharakati.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM