Bosh mavzular

DHH rahbari muholifatning mamlakatga qaytishidan cho'chimoqda

Oliy Majlis Senati 29 mart kuni «O'zbekiston Respublikasi Davlat havfsizlik hizmati (DHH) to'g'risida»gi qonunni tasdiqladi.

Mazkur qonunga ko'ra, DHHga “davlat manfaatlari va havfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ'ib 'etishga qaratilgan buzg'unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish bo'yicha faoliyat olib borish¸” vakolati berildi. Shuningdek, ilgarigi MHH vakolatlari ham o'zgarishsiz qoldirildi.

Davlat havfsizlik hizmati raisi Ihtiyor Abdullaev senatorlar oldidagi o'z chiqishida qonun yuzasidan fikrlarini bildirdi.

“O'zini muholifat sanab yurgan ayrim kuchlarning faollashuvi, faoliyatlarini qonuniylashtirishga intilayotgani zamirida mamlakatga kirib, undagi barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan harakat mavjud. O'zbekistonning boshqa davlatlar hududida mehnat qilayotgan fuqarolari ko'p hollarda turli 'ekstremistik oqimlar ta'siriga tushayotgani havfli holatlardan biri. Horijiy davlatlardan kirib kelayotgan insvestitsiyalarning barchasini ham foydali, deb bo'lmaydi. Bularning hech biri 'e'tiborimizdan chetda qolmasligi kerak», dedi Ihtiyor Abdullaev.

Siyosiy ta'qiblar bois mamlakatni tark 'etgan sobiq diplomat Alisher Taksanov o'z f'eysbuk sahifasida izoh berishicha, Ihtiyor Abdullaev bayonoti horijda yashayotgan muholifatchilarga qaratilgan.

«Muholifatga davlat dushmani deya qarash davom 'etarkan, u holda bu erda demokratiyaning hidiyam bo'lmaydi. Bu Islom Karimov davridagidek politsiya davlati bo'ladi. Bu tag'in chaquvlar, qiynoqlar, fal'sifikatsiya, fitna, reyderlik, kontslager va dor deganidir», deydi Taksanov.

Taksanovga ko'ra, muholifat davlat tizimining ajralmas qismidir. Toki hokimiyat va hokimiyat institutlari mavjud 'ekan, muholifat ham bo'ladi. Biroq bugun O'zbekiston hukumati tepasida hamon ilgari rahbar paytida ishlagan odamlar o'tiribdi va ular o'zgarishlarga qodir 'emas.

Qisqa muddatli iliqlikdan keyingi «qahraton»

Ihtiyor Abdullaev o'z nutqida qo'shni davlatlar bilan chegaralarning ochilgani tufayli kirib kelayotgan odamlar ko'paygani, ular bilan diniy 'ekstremistik ruhdagi adabiyotlarning kirib kelayotganini ta'kidladi.

«'E'tiqod 'erkinligini ayrimlar noto'g'ri tushunib, turli oqimlarga kirishga harakat qilayotganida namoyon bo'lmoqda”, dedi u.

Muholifat mavjud hukumatning ajralmas qismi bo'lishi kerakligini aytarkan, Alisher Taksanov mamlakatda muholifatga chek qo'yilishi uning radikallashuvga asos bo'lishini urg'uladi.

«Agar odamlarda o'zboshimchalik, zo'rovonlik va qatag'onlarga qarshi turishning legal shakllari qolmasa, u holda hukumat yashirin yoki isyonkor muholifatni oladi. Ustiga ustak, ular 'endilikda din va siyosiy shovinizm bayroqlari ostida bo'lishadi».

Taksanovning fikricha, davlat mamlakatda konstruktiv muholifatni rag'batlantirishi kerak, buning uchun 'esa nohukumat tashkilotlarni legallashtirish, matbuot va internetga 'erkinlik berilishi lozim.

«Qiziq, nimaga asoslanib DHH bunday hulosaga keldi, biz mamlakatda nobarqarorlik keltirib chiqarishni istaymizmi? Yoki shunchaki, O'zbekistondagi siyosiy jarayonlarni boshqarishimizga yo'l qo'ymaslik, hayrihohlarni bezdirish uchun bizni «buzg'unchilar» va «fitnachilar» sifatida ko'rishni istshayaptimi?…

Bu go'yo qisqa muddatli havo o'zgarishidan so'ng tag'in «qahraton» zarba berayotganiga o'hshaydi», deydi Taksanov.

Manba: Eltuz.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM