Dunyo

'Erdo'g'on Isroilni va Netenyahuni “bosqinchi hamda terrorchi” deb atadi

Posted on by in , with 0 Comments

Turkiya prezidenti Rejab Toyyip 'Erdo'g'on Isroil hukumatini va bosh vazirini “terrorchi”, deb atadi.

1 aprel' kuni Anqarada qilgan chiqishida 'Erdo'g'on Isroil tomonidan yaqinda Falastinning G'azo mintaqasida HAMASga qarshi o'tkazilgan amaliyotlarni 'esladi. Mazkur hujumlar paytida kamida 15 falastinlik Isroil harbiylari tomonidan o'ldirilgan 'edi.

Bu voqea haqida gapirar 'ekan, 'Erdo'g'on Isroil Bosh vaziri Binyamin Netenyahuni “terrorchi” deb atadi hamda so'zi davomida: “Siz bosqinchisiz va bu erlarda siz hozir bosqinchi sifatidagina turibsiz. Ayni paytda siz terrorchisiz”, deb aytdi.

'Erdo'g'on bu nutqidan avvalroq Isroilning Falastinda o'tkazgan amaliyotini “noinsoniy harakat”, deb baholagan 'edi.

Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman 1 aprel' kuni BMT va Evropa Ittifoqining 15 nafar falastinlikning o'ldirilishini tergov qilish chaqirig'iga rad javobini berdi.

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM