Mahsus dastur

Ulamolar jim!

«DHH» raisi Ihtiyor Abdullaev bayonoti yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardagi noroziliklar, turli-hil fikrlarni jimgina kuzatdim. Aytmoqchi bo'lganlarim «DHH» haqida 'emas. Men bundan ortiq narsa kutganim yo'q 'edi. Shu uchun qabul qilishim oson bo'ldi.

'E'tiborimni tortgan narsa fb ulamolari! (Ulamo so'zini qo'shtirnoqqa olmadim. Ichida rostdan ham men hurmat qilganlari bor) Bir kun 'erinmay, gapirmay, jimgina barchani kuzatdim.

Fb ulamolaridan bu darajada ko'nglim qolmagan 'edi.

Bir mullani oilasi muhokama bo'lganida barchani og'ziga urgan ulamolar jim!

Rahmatullo qorini «psihogenetika» borasida tushirgan qovunini haspo'shlab, yotib olib taraf olgan ulamolar jim!

Anvar qorini qo'l soati muhokama bo'lganda davrani to'riga chiqib olib, mikrafonni hech kimga bermaganlar jim!

Ateist Stiven Hokingni jannati yoki do'zahiligi borasida varaq-varaq maqolalar yozgan ulamolar jim!

Haqi yo'q narsalarga, aqli etmagan muammolarga fikr bildiradigan ulamolar jim!

Bir gap bo'lsa haqni 'emas, “kollektivniy solidarnost“ni birinchi o'ringa qo'yadigan, «hakka hakkani ko'zini cho'qimaydi» degan maqolga og'ishmay amal qiladigan, obro'siga putur etsa, obro'sini islom bilan tenglab qo'yadigan, har qanday holatda ham «hamkasbini» «podderjka» qiladigan ulamolar jim!

'Erinmay har birini sahifasini kuzatib chiqdim. Bir sutka og'zini poyladim. Afsus, ming afsuslar bo'lsinki jimlik. Soqolni yot oqimlarga, Salafiylarga, din dushmanlariga tirkab qo'yishyapti. Soqolni gapirib, Rosululloh s.a.v ga tuhmat qilishyapti. Sunnatni toptayapti. Soqol misolida, radikallar bahonasida diniy 'erkinlik bo'g'ilyapti. Ammo dinni, sunnatni bir qo'l soatichalik, shahsni obro'sichalik ahamiyati yo'q. Hamma narsada burro tillar bu ishga kelganda qotib qoladi. Nasihat qilishga, laqab qo'yishga, tuhmat qilishga aylanadigan tillar, bu narsaga kelganda aylanmay qolyapti.

Chunki gapirgan odam «DHH» raisi. Mullalar kuratorlarini kuratori. Bizni ulamolar ojizga nasihat qilishni, hech kimga ahamiyati yo'q ishlarga fikr bildirishni qoyillatadi.

Qarshi chiqqanlar, norozilik bildirganlar yana o'sha «pitnachilar, vatangadolar, hoinlar» bo'ldi.

'Ey, ulamolar! Allohdan qo'rqinglar. Fikr bildiringlar. Jim turmanglar. Sizlar gapirsanglar yozganlarimga uzr so'rayman. Gapirgan gaplarimni qaytib olaman. Ijtimoiy tarmoqdagi har bir norozilik 'e'tiborsiz qolmayapti. Qisman 'eshitilyapti va 'e'tirozlar qondirilyapti. Shu uchun gapiringlar. Ozgina din uchun g'am chekinglar.

Hozir kitob reklamasini qiladigan, futbol o'ynab reklama qiladigan, falsafa yozib layk yig'adigan vaqt 'emas. Noroziligimizni bildiraylik. Soqollik musulmonlar dushman 'emas. Hijoblik Muslimalar qo'shnini tovug'i 'emas. Iltimos..

Sayyid Islom

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM