Dunyo

O'zbeklar miyasini yuvaëtgan rus sahifalari tarmoqdan quvildi

Posted on by in , with 0 Comments

Facebook ning 87 milliontagacha foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlar Cambridge Analytica kompaniyasi tomonidan siyosiy konsalting maqsadlarida yig'ib borilgani haqidagi habarlar ortidan mazkur ijtimoiy tarmoqqa nisbatan ishonchsizlik ortdi.

Bu habarlar fonida AQShdagi prezident sayloviga ta'sir qilganlikda ayblanib, Rossiyadagi Internet tadqiqotlari agentligi (ITA)ning Facebook dagi 270 dan oshiq sahifasi o'chirib tashlangani haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook foydalanuvchilari haqida qo'lga kiritgan ma'lumotlarni turli siyosiy maqsadlarda qo'llagani iddao qilinmoqda.
Bu haqda yozgan Facebook asoschisi Mark Tsukerbergning yozuvlarida O'zbekiston nomi ham bor.

Mamlakatimiz qatorida bu agentlik tomonidan manipulyatsiya qilingan davlatlar qatorida Ozarbayjon va Ukraina tilga olinadi.

Tsukerberg o'chirib tashlangan sahifalarning ayrimlari Rossiya ahborot guruhlariga qarashli deb taqdim 'etilganiga qaramay, aslida ITA tomonidan nazorat qilingan.
Bu habarlar ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg'in muhokamaga sabab bo'lyapti. Jumladan, u erda tarqalgan ayrim ma'lumotlarga ko'ra, uz domenida ro'yhatga olingan podrobno.uz, nuz.uz, vesti.uz internet saytlari ham aynan ITA tomonidan nazorat qilinadi.

O'zbekistonlik ayrim blogerlar SSSRni “sog'ingani”ni yashirmaydigan Vladimir Putinning sobiq sovet imperiyasini qayta tiklash g'oyalarini targ'ib qilaëtgan bu kabi saytlarga O'zbekiston mustaqilligiga tahdid sifatida qarashga chaqirdi.

Rossiyaning Internet tadqiqotlari agentligi “trollar fabrikasi” deb ham ataladi. U Rossiyaning amaldagi hukumati manfaatlari yo'lida jamoatchilik fikriga ta'sir 'etish bilan shug'ullanadi.

Kompaniya hodimlari ijtimoiy tarmoqlar va OAVda postlar va izohlar tarqatish orqali jamoatchilikda muayyan fikrlar uyg'otish maqsadida ishlaydi. Jumladan, bu maqsadlar uchun internetdagi feyk akkauntlardan foydalanadi.

Mazkur habarlar o'zbekistonlik yuzerlarni ham befarq qoldirayotgani yo'q. Hususan, Cineclub Paradiso badiiy rahbari Aziz Hakimov so'nggi vaqtlarda O'zbekistondagi jamoatchilik fikri aksariyat hollarda Rossiya televideniesi vositasida shakllanayotganidan tashvish bildirdi.

“Rossiya TVsining ayanchli parodiyasiga aylangan o'zbek televideniesini umuman tomosha qilib bo'lmaydi, u ommabop 'emas”, deb yozadi yuzer.

Uning ta'kidlashicha, so'nggi yillarda Rossiya TVsi tashviqotga sho'ng'ib ketgan va u O'zbekiston fuqarolarini bir tomonlama fikrlaydigan, o'zga fikrlarni 'eshitishni ham istamaydigan zombilarga aylantirib qo'ymoqda.

“TV, internet, OAV orqali tarqatilayotgan Rossiya tashviqoti bizni o'z dommiga tortmoqda va bunga 'erishyapti”, deb yozdi Aziz Hakimov.

Uning fikricha, aholimizni shu singarri o'ta distruktiv, maqsadi adovat uyg'otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish bo'lgan havfli ahborotlardan imkon qadar himoyalash zarur.

Aziz Hakimov Rossiya TVsining bunday ko'rsatuvlari qatorida “Vremya pokajet”, “Vremya”, “60 minut”, “Vecher s Vladimirom Solov'yovym”, “Vesti”, “Dmitriy Kiselyovning mualliflik dasturlari, “Mesto vstrechi”, “Pravo golosa” va “Pravo znat'” singarilarni misol qilib keltiradi.

“Fergana.ru” va “Ozodlik”ni taqiqlagandan ko'ra Rossiyaning buzg'unchi OAVlarini taqiqlagan ma'qulroq”, deydi u.

“Chunki boshqa mamlakatning tobora kuchayib borayotgan targ'ibot mashinasi fuqarolarimizning ongini shakllantirishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi”, deya qo'shimcha qiladi Aziz Hakimov.

Manba: Eltuz.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM