Bosh mavzular

Hech narsaga qaramay

Liberal do'stlarning “keyingi yillarda ja optimist bo'lib ketdingiz” degan pisandalariga qaramay, siyosiy murosa chegaralaridan o'tib, avvalgisidan hech ham farq qilmaydigan yangi rejimning haybarakallachisi bo'ldingiz, degan pichinglarga qaramay, men prezidentning siyosatini qo'llashda davom 'etmakdaman.

So'nggi kunlarda sodir bo'layotgan hodisalar mening umidlarimdan ko'ra “pichingchi janoblar”ning umidsizligini ko'prok tasdiq 'etayotganini ko'rib tursam ham, prezident siyosatini qo'llashda davom 'etmakdaman;

Bobomurod Abdullohni vahshiylarcha qiynaganlariga qaramay, bu qiynoqlarni taftish 'etgan 'ekspertizaning “qiynoq tasdiqlanmadi” deya hayosizcha chiqargan sohta hulosasiga qaramay;

DHHning yangi rahbari o'zim rahbarlik qilayotgan 'ERK partiyasini o'lka istiqroriga tahdid o'laroq ochiqcha baholaganiga qaramay;

men qo'llayotgan bu hukumat hali hanuz o'lkani siyosiy liberallashtirish sari bitta ham odim otmaganiga qaramay;

ha, qo'llashda davom 'etmakdaman

Nega?

Chunki men va menga o'hshagan millionlab kishi bir Zolimning yiqilishini juda uzoq, tom 27 yil kutdik va 'endi u yiqilganda, uning o'rniga kelgan bu hukumat bilan istibdod quchog'idan qutulishining kichik bir imkoni paydo bo'lganida, jarayonning so'nggiga qadar sabr 'etishim kerakligini idrok 'etmakdaman. Sabrimning so'nggiga qadar.

Garchand, naqadar sabrli bo'lsam bo'layin, Bobomurod Abdulloh atrofida aylanayotgan fitna charhi, bu “Jatva” deb atalgan qora loyiha to'ppa-to'g'ri kaminaga yo'nalib, butun hayirli niyatlarim va vatanga qaytish orzularimni chil-parchin 'etmakdadir.

MHHning loyihasi bo'lgan bu “Jatva” siyosiy muholifatning vatanga qaytishi oldiga qo'yilgan bir to'siqdir, uning boshqa bir vazifasi yo'qdir.

Bu loyihani siyosiy platformada general Ihtiyor Abdullaev shu so'zlar bilan ifoda 'etdi: «O'zlarini siyosiy muholifat deb ataydigan ba'zi kuchlarning faollashuvi va ularning faoliyatlarni mashrulashtirishga intilishlari shuni ko'rsatadiki, ular mamlakatga kirib, uning mavjud istiqrorini buzishga harakat 'etmoqdalar.”

Bu so'zlar shahsan meni senator Sodik Safoevning “Bobomurad Abdullaev mahkamasi odil bo'ladi”, degan bayonotiga ham shubha bilan qarashga majbur 'etmoqda. InshaAlloh shubhalarim to'g'ri chiqmas.

Ammo Bobomurod Abdulloh bo'yicha “ayblanuvchi”lardan ikkitasi Rovshan Salaev va Hayothon Nasretdinov lar “Aybnoma” muallifi polkovnik Nodir To'raqulov chizib bergan chiziqdan yurishda davom 'etmoqdalar. Garchand, bu tuzoq muallifining o'zi ham bugun zindonga tashlangan.

“Ayblanuvchi” Rovshan Salaev mahkamada hamma 'eshitadigan qilib, ozod bo'lsa mening rahmatli ayolim xokini toptayajagini 'e'lon qildi, ki bu mahluq ozod bo'lishiga shunchalar ishonadi. Bu axloqsiz nusha jazosiz qolajagidan shu qadar aminki, og'zidan to'kilayotgan yolg'onning mantiqli bo'lishi uchun urinmaydi ham. Yolg'onni bezbetlarcha, baland ovozda so'ylaydi.

Yana bir “ayblanuvchi” Hayothon Nasretdinov ko'rsatmasining avvali mantiqli tuyuldi. Ayniqsa, u onasi haqida gapirganida, uning hastaligini gapirib, yig'laganida gaplari mantiqli tuyuldi. Ammo o'zini bosib, jiddiylashgani on, to'g'rirog'i, MHH chizib bergan shig'irga tushgani on mantiq ipini yo'qotdi. Va Salaevning tuban saviyasiga tushib, yolg'onni qatorlashtirib tashladi.

Bobomurod Abdullaev bu mantiq va yolg'on haqda sarkazm bilan yo'g'irilgan shu jumlani aytdi: “Gaplarida mantiq yo'q, chunki mantiq bo'lishi uchun haqiqatni aytishi kerak.”
U haq 'edi.

MHH topshirig'iga binoan M. Solihni qoralash uchun (boshqa motiv yo'q) Nasretdinov shunday deb ko'rsatma bergan: “2013 yilning oktyabr oyida menga Nigora Hidoyatovadan taklif keldi. “Senga yordam beradigan odam bor” deb yozdi u menga. Meni u bilan (M. Solih bilan) tanishtirdilar. Va men Istanbulga keldim. Mening dardim (onamni) davolatish 'edi. Men bezbetlik qilib undan ish so'radim. Biz bir martalik shartnoma tuzdik, men maqolalar yozaman, u onamni davolatishda yordam beradi. Uning ayolining klinikasi bor 'edi, juda zo'r davolardilar, onamni davolashgan bo'lardilar. Ammo u menga “maqolalaring “tishsiz”, dedi. Va “senga yozishni o'rgatadigan bir jurnalist bor” ,dedi. Mening maqsadim o'z muammolarimni echish 'edi. Uning ofisiga ko'p odam kelardi. Undan “Siz Trotskiy qismatini takrorlashdan qo'rqmaysizmi?”, deb so'radim. U o'ziga yaqinlashtirilgan kishilar jiddiy tekshiruvdan o'tishini aytdi”…

Nasretdinovning bu fantaziyasiga Nigora Hidoyatova juda aniq javob berdi. Mana uning bu mavzuda jurnalist Malohat 'Eshonqulovaga bergan javobi: “Ya pokinula Uzbekistan v 2012 godu iz za podloga i fal'sifikatsii v hode rassledovaniya, kotoroe takje velos' Slujboy natsional'noy bezopasnosti, gde ya prohodila snachala kak svidetel', a potom uje mne pred'yavleno obvinenie v 159 i 244.Ya reshilas' bejat' posle doprosa s odnim svidetelem, kotoryy dal pokazaniya, chto videl menya na ville u Muhammada Saliha i yakoby u nas tam bylo sobranie. …S teh por u nih ostalas' ideya “zasunut'” menya dlya “kompanii” v kakoy nibud' “zagovor”,plesti intrigi i pugat' Karimova, radi svoey korysti. Ya dumayu sledstvennaya gruppa, spetsial'no nadavila na Haeta,chto by on ogovoril menya.S Haetom,ya ne obщalas' ne po sotssetyam,ni po telefonu. Chitala tol'ko ego stat'i”.(http://uzxalqharakati.com/ru/archives/21661)

TARJIMASI
“Men O'zbekistonni 2012 yil, Milliy Havfsizlik Hizmati tomonidan olib borilgan tergovda ma'lumotlarning sohtalashtirilishi sababidan tark 'etgan 'edim. Bu tergovda avvaliga men guvoh sifatida jalb qilindim, keyinchalik 'esa menga 159 va 244-moddalar bo'yicha ayb 'e'lon qilingan 'edi.Meni bir guvoh bilan birgalikda so'roq qilishdi. Guvoh meni Muhammad Solihning villasida ko'rganini va go'yoki u erda yig'ilish bo'lganini, aytib ko'rsatma berdi. Shundan so'ng men qochishga qaror qildim…O'shandan buyon ular haqda meni qandaydir “fitna”ga aralashtirib, “kampaniya” uchun “tiqib qo'yish”, o'z manfaatlari yo'lida intrigalar qilish va Karimovni qo'rqitish fikri qolgan. Menimcha, tergov guruhi menga qarshi ko'rsatma berishi uchun ataylab Hayot Nasretdinovga bosim o'tkazgan. Men Hayot bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali ham, telefon orqali ham muloqotda bo'lmaganman. Faqat uning maqolalarini o'qir 'edim.”

Haqiqatan ham Nasreddinov ni Nigora Hidoyatova menga tanishtirmagan. Nasreddinovning o'zi menga chiqdi feysbukdan va iltijoli bir shaklda Istanbulga kelib, birjaga ishga kirish istagini bildirdi. Men unga Toshkent-Istanbul borish-kelish biletini yubordim, unga insoniy achinganim uchun. Chunki aqlli bola ko'rindi, “Ozodlik” va “Fergana.ru”ga maqolalar yozardi. U kelib, men 'emas, uning o'zi bizning saytga maqola yozishni taklif 'etdi. Bunda bir yomon niyat yo'qdi. Lekin u onasini davolashga yordam bermadi, deb nega aldayotganini tushunmadim. Mening rahmatli rafiqam O'zbekistondan kelgan butun insonlarni tekin davolar 'edi. Agar Hayothonning onasi kelganda 'edi, albatta u bajonidil davolagan bo'lardi. Men ham jon deb yordam bergan bo'lardim. Ammo onasining kelishi haqda hech gap bo'lmagan!

'Endi H. Nasreddinov ning “Istanbul sayohati” haqda.

Men bugun bu mavzuni o'ylar 'ekan, o'sha yillarda feysbukdan H. Nasretdinov ning menga yozgan hatlariga bir ko'z tashlayin dedim va qarang nimalar chiqdi:

“02.06.2014.09:22
Nasreddinov:
Aka, zdravstvuyte. Nadeyus', chto vse u vas horosho.
Rekomendatsii iz knigi uvajaemoy Oydin hanum ochen' 'effektivno pomogayut moey mame v lechenii. Proshu vas peredat' ey nashu blagodarnost'. Budu rad otvetit' blagodarnost'yu v otvet”.

TARJIMASI
Aka, salom! Umid qilamanki, sizda hamma narsa joyida. Hurmatli Oydin honimning kitobidagi tavsiyalar onamni davolanishida 'effektiv yordam bermoqda. Unga bizning minnatdorchiligimizni etkazing, iltimos. Bunga minnatdorlik bilan javob berishdan hursand bo'laman”.

“03.04.2015.15.22
Nasreddinov:
Zdravstvuyte.
………………………..
Lishilsya opyat' raboty. Siju doma i ne znayu, kuda primenit' svoi sily.
Sobral vse dokumenty dlya registratsii kak predprinimatel' na turetskoy birje. Koplyu den'gi, chtoby letom poehat' na nedelyu. Kak vy pojivaete, napishite, pojaluysta. Vy ne chujoy mne chelovek. Vy i Oydin-hanum pomogli uluchshit' zdorov'e moey mame. Ya vsegda blagodaren vam!”

TARJIMASI
Yana ishsiz qoldim. O'z kuchimni qaerga sarf qilishni bilmay uyda o'tiribman. Turk birjasida ishlash uchun butun hujjatlarni to'pladim. Yozda bir haftaga borish uchun pul to'playabman. Siz men uchun begona odam 'emassiz. Siz va Oydin honim onamning sog'ligi tiklanishida yordam 'etdingizlar. Sizlardan hamisha minnatdorman”.

'Endi asos masalaga kelaylik.

Hayothon Nasretdinov 2018 yil 2 aprelda bo'lib o'tgan sud jarayonida 2013 yil dekabr oyida uyida berilgan “osh” paytidagi voqeani shunday tasvirlaydi: “Bobomurod Abdullaev “Muhammad Solihga telefon qilish kerak”, dedi. Telefon qilindi. Ayni shu erda g'irt bemazagarchilik boshlandi: halq ko'chaga chiqishga tayyor! Qaerdadir qo'shinlar turibdi, ular O'zbekistonga kirishga tayyor turishibdi!”.

MHH uchun shu ikki jumlaning o'zi etarli 'edi. Besh-olti papkadan iborat “Aybnoma” varaqlari shu ikki jumlalik konfetni o'rash uchun bir bezak qog'oz 'edi.

Ammo Hayothon “chegarada turgan ko'shinlar” bilan qiziqishi yangi 'emas 'ekan. Men buni ham bugun feysbukdagi pochtamda ko'rib qoldim. Hali 2015 yildayoq u bu “qo'shinlar” haqda mening fikrimni bilishga juda ham intilgan 'ekan:

“06.10.2014.13:56
H.Nasreddinov:
Islamskoe dvijenie Uzbekistana (IDU) zayavilo, chto prisoedinyaetsya k boevikam tak nazyvaemogo «Islamskogo gosudarstva Iraka i Levanta» (IGIL).
Aka, 'eto pravil'noe reshenie ili chto-to drugoe kroetsya v 'etom? Menya moi ucheniki sprashivayut, a ya poka ne znayu, chto otvetit'. Prosvetite, pojaluysta”.

TARJIMASI
“O'zbekiston Islomiy Harakati (O'IH) o'zining “Iroq va Shom Islom Davlati” (IShID)ga qo'shilgani haqda bayonot beribdi. Aka, bu to'g'ri bir qarormi yoki bunda boshqa bir narsa yashiringanmi, oydinlating meni”.

06.10.2014.14:42
M.Salih:
'Eti lyudi nedalekie i tupye i ih reshenie produkt nedalekogo uma.
IGIL diskreditiruet musul'man i religiyu Islam. IDU podderjivaya 'etih terroristov toje prisoedinyaetsya k ryadam 'etih podonkov.
Vot moya otsenka. (otvet napisan na latinitse.Avt.)

TARJIMASI
“Bu odamlar ahmoq va johillar va ularning qarori ham aqlsizlikning mahsulidir. IShID musulmonlarni va islomni obro'sizlantirmoqda.O'IH bu terroristlarni qo'llab, ablahlar safini to'ldirayapti, mana mening javobim”.

06.10.2014.18.21
H.Nasreddinov:
Spasibo za otvet, aka. Vy kak vsegda tochno vyrazili mysl'. Beda v tom, chto zdes' lyudi ustali ot davleniya i gotovy slushat' lyubogo, kto poobeщaet dostatok i svobodu”.

TARJIMASI
“Rahmat, javob uchun aka. Siz har doimgiday fikringizni aniq ifoda 'etdingiz. Fojia shundaki, bugun odamlar 'erkinlik va moddiy faravonlikni kim bersa, uni tinglashga tayyor bo'pqoldi”…

Ko'rib turibsiz, yolg'onning umri qisqa va sharmandalidir.

USMON HAQNAZAR MATNLARINING 'EKSPERTLARI HAQIDA

So'ziming nihoyasida Usmon Haqnazar (Bobomurod Abdulloh) matnlarini taftish 'etgan 'ekspertlar haqda gapirmoqchiman.

Usmon Haqnazar o'z maqolalarini faqat va faqat rus tilida yozgan.

Ammo 'eshitishimcha, bugun sudga taqdim qilingan maqolalar tahlili, matn qiyoslamalari va lingvistik tasbitlar original (ruscha) asosida 'emas, balki maqolalarning o'zbekcha varianti asosida amalga oshirilgan. Bunday 'ekspertiza hulosalaridan ilmiy va lingvistik ob'ektivlik kutish mumkin 'emas. Chunki matn avtori va matn tarjimasining avtori ikki ayri shahsdan iboratdir. Ulardan stil o'hshashligi ahtarish aqlga sig'maydigan narsadir.

Muhammad Solih

Muhammad Solihning shahsiy pochtasi (Feysbuk)dan skrinshotlar ilova qilinadi

 

(Maqola ruschadan tarjima qilindi)

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM