Dunyo

Rossiya sharqiy G'utani yana bombardimon qila boshladi

Posted on by in , with 0 Comments

Damashqning sharqiy G'uta hududida o'q ochishni to'htatish bo'yicha Rossiya homiyligida o'tkazilgan muzokaralar natija bermaganidan keyin, rus harbiylari yana havo hujumlarini amalga oshira boshladi. Habarlarga ko'ra, havo hujumlarida 40 nafar oddiy fuqaro halok bo'lgan.

Suriya va Rossiya qo'shinlari sharqiy G'utadan isyonchilarni deyarli butunlay siqib chiqargan. Ammo minglab oddiy fuqaro orasida «Islom armiyasi» isyonchi guruhining so'nggi a'zolari qolgan.

1 aprel' kuni Moskva G'utadan minglab jangchi va oddiy fuqaroni 'evakuatsiya qila boshlagan 'edi.

Ammo hafta ohiriga kelib isyonchilar orasida 'evakuatsiyalar bo'yicha kelishmovchilik kelib chiqdi. Natijada Suriya armiyasi 6 aprel' kuni hududni yana bombardimon qila boshladi.

Sharqiy G'utadan isyonchilarning aksari siqib chiqarilgani Suriya va Rossiya Halab ozod 'etilganidan keyin 'erishgan 'eng katta muavaffaqiyatdir. Ammo fevral' oyida boshlangan amaliyot Suriya urushining 'eng qonli sahifalaridan biri bo'ldi.

BMT hamda inson huquqlari guruhlari ma'lumotlariga ko'ra, Sharqiy G'utadagi amaliyot tufayli 1 600 dan oshiq oddiy fuqaro halok bo'lgan, minglab odam ochlikka yuz tutib, boshpanasiz qolgan.

G'arb davlatlari oddiy fuqarolar umrini saqlab qolish uchun bir necha marta o'q otishni to'htatishga chorladi, ammo bu urinishlar samara bermadi.

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM