Dunyo

Moskva sudi Telegramni Rossiyada bloklash to'g'risida qaror qabul qildi

Posted on by in , with 0 Comments

Moskva shahar, Taganskiy rayon sudi 13 aprel', juma kuni messenjerini Rossiyada bloklash to'g'risida qaror qabul qildi.

Telegramni Rossiyada to'sib qo'yish to'g'risidagi talabni sudga Roskomnadzor (Aloqa, informatsion tehnologiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar ustidan nazorat bo'yicha federal hizmat) kiritgan.

Sud qaroriga binoan messenjerning Rossiya hududidagi faoliyatiga qo'yilgan taqiq Telegram rahbariyati “shifr kalitlarini Federal havfsizlik hizmatiga (FSB) berish majburiyatini bajarmagunicha amal qiladi”.

Sud qaroriga ko'ra, u (qaror) beto'htov bajarilishi lozim. Messenjer advokatlarining qaror ustidan shikoyat arizasiga kiritishga 1 oylik vaqti bor.

Roskomnadzor mulozimlari Telegramdan terroristik tashkilotlar foydalanayotgan ma'lumotlar bo'lishi mumkinligini iddao qilib, bu messenjerni zudlik bilan yopishni talab qilayotgan 'edi.

Telegram vakillari sud majlisida ishtirok 'etmadi. Svoboda radiosi muhbirining sud zalidan habar qilishicha, Roskomnadzorning da'vosini ko'rib chiqish uchun 20 daqiqadan ozroq vaqt kifoya qildi.

Sud majlisi arafasida messenjerni yaratgan Pavel Durov o'z advokatlariga sudda ishtirok 'etishni taqiqlab qo'ydi. Ayni paytda messenjer himoyachilari sudga majlisni kechiktirish so'rovini kiritgan 'edi, biroq bu so'rovni sud rad 'etdi.

O'tgan haftada Roskomnadzor Telegram rahbariyati oldiga qo'ygan muhlat yakuniga etdi. Bu muhlat ichida Roskomnadzor Telegramdan foydalanuvchilar yozuvlarini shifrlash kalitlarini berishni talab qilgan. Telegram rahbariyati bu talabni bajarish tehnik jihatdan imkonsiz 'ekanligni aytib, bosh tortmoqda.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM