Bosh mavzular

Prezident: Bojhona hodimlari tergovda

Bi-Bi-Si radiosining habar berishicha, prezident Shavkat Mirziyoev imzolagan farmonda bojhona organlarining mansabdor shahslariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qo'zg'atilganligi va tergov olib borilayotganligi ma'lum qilingan.

O'zbekiston prezidenti farmoni bojhona shaffofligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishdan tashqari, bojhona organlari hodimlari o'rtasidagi korruptsiyaviy huquqbuzarlik va hizmat vakolatlarini suiiste'mol qilish holatlariga qarshi kurashni maqsad qilgan.

“Talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste'mol qilish va boshqa jinoyatlarni sodir 'etganlik uchun bojhona organlarining mansabdor shahslariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qo'zg'atilganligi va tergov olib borilayotganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin”, – deyiladi hujjatda.

Tadbiq 'etiluvchi 'eng ahamiyatli engilliklardan biri shuki, tadbirkorlar 'endi O'zbekistonga olib kiriluvchi mahsulotlarni oldindan deklaratsiya qilish va chegaradan olib kirish bilanoq uni sotish huquqiga 'ega bo'ladilar.

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, mahsulotlar deklaratsiyasi faqat mamlakatga olib kirilganda amalga oshirilardi. Bu 'esa tovarlarning uzoq vaqt bojhona omborhonalarida navbatda qolib ketishiga sabab bo'lardi.

Hujjatga ko'ra, bojhona idoralarining boshqa va halqaro idoralar bilan hamkorligi sust tashkil 'etilganligi sababli kontrabanda va kontrafakt mahsulotlarni olib kirishning oldini olinmayapti va bojhona to'lovlarini to'lashdan bo'yin tovlash hollari davom 'etyapti.

Farmonda, shuningdek, bojhona organlarini takomillashtirishdan maqsad turizmni rivojlantirish va halqaro hamkorlikni oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish 'ekani aytilgan.

“Horijiy davlatlarning bojhona organlari va halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, bojhona ishi sohasida ilg'or tajribani, halqaro norma va standartlarni tizimli o'rganish va joriy qilish”, – deyiladi unda.

Farmonga ko'ra, joriy yilning 1 iyulidan boshlab tovarlarni bojhona rejimlariga joylashtirishda, shuningdek, horijiy avtotashuvchilarning O'zbekiston hududi bo'ylab harakatlanish marshrutlarini o'zgartirishga bojhona organlari tomonidan beriladigan ruhsatnomalar bekor qilinadi.

Prezident o'z farmonida bojhona organlarida vatanparvar kadrlarni tayyorlash ahamiyatini ham alohida urg'ulagan.

Fevral' oyida O'zbekiston Davlat bojhona qo'mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olingan 'edi. Uning lavozimdan olinishi matbuotda bojhona tizimida olib borilayotgan tekshiruvlar tufayli yuz bergani habar qilingan.

Qo'mitaga bosh prokuror o'rinbosari, general-mayor Murotjon Azimov yangi rais 'etib tayinlangan.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM