Bosh mavzular

Ko'ngillarni larzaga soluvchi nohush habar

Bu tuzum Navoiyshunos bir olim o'g'lonini “edi”….

Bugun ming bir tuhmatlar ortidan qamalgan Navoiyshunos olim Akrom Malikning yaqinlaridan biri telefon orqali tashvishli habar berdi:

“Akromjon, bilasiz, Navoiydagi qamoqhonalardan birida ohak zavodida ishlardi, ohak qoplardi…

Akromjonning boshiga kutilmaganda kulfat tushibdi.

Ko'zlariga ohak zarralari kirib ketganmish…

Ayni damda qamoqning “medsanchast”ida 'ekan…

Akromimizning ko'zi ko'rmay qolibdi….” dedi….

Zamonamizda nima ko'p, jinoyatchilar, o'g'ri, muttahamlar, poraho'ru etim haqqidan hazar qilmaydiganlar ko'p…..

Ammo asl jinoyatchilar qolib, Akromdek olim yigit O'HH saytida chiqqan she'rlari uchun u saytdan qalam haqi olgani uchun tuzum oldida nihoyatda achchiq, nihoyatda qimmatli tavon to'ladi…. Akrom Malik O'zResJKning 159 -, 244-moddalari bilan aybdor deb topildi va ozodlikdan mahrum 'etildi……

Shavkat Mirziyoev yosh olimga, albatta, adolat qiladi, shusiz ham mamlakatda Navoiyshunos olimlar kamyob deb o'ylagandik. Afsuski, o'ylaganimizdek bo'lib chiqmadi….

Tuzumdagi adolatsizlik, huquq idoralarida o'tirganlarning kaltabinligi yoshgina olimning boshiga etdi, “edi”….

Akrom 'endigina 27 bahorni qarshilayotgan 'edi….

Ota-onasi Akromning “boshini ikkita qilib qo'yamiz” degan shirin orzuda 'edi, non ushatilgandi….

'Essizgina…

Uning ko'ziga nohosdan ohak zarrachalari kirib ketganiga ham ishonmayman…

Nima bo'lganda ham, avvalo, ahvolni o'rganish kerak…

Amakisi aytganlaridek, rostanam Akromning ko'zi nurlariga ziyon etgan bo'lsa, demak, bilingki, bu tuzumni adolatsiz qilib ko'rsatishni reja qilgan qaro kuchlar istiqbolli bir iqdidorni, yoshgina olim yigitni bir umrga zulmat qa'riga mahkum qildi!….

Qonun kursisida o'tirgan so'qirlar Navoiyshunos bir olim o'g'lonini uvol qildi, ko'zlariga ziyon qildi…..

Afsus, ming afsus, yosh olimga yordam qila olmadik…..

'Endi bu dardimizni kimga aytamiz?….

Malohat 'EShONQULOVA

Manba: uzxalqharakati.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM