Usmon Haqnazarov

B.Abdullaev va boshqalar ishi: “Usmon Haqnazarov” maqolalari takroran 'ekspertiza qilinadigan bo'ldi

Jurnalist Bobomurod Abdullaev va uning sheriklari sifatida gumonlanayotgan sudlanuvchilar ustidan olib borilayotgan sud jarayonining 23 aprel' kungi majlisida sud'ya advokat Mayorovning iltimosini ham qanoatlantirdi.

Bu haqda sud majlisida ishtirok 'etgan Kun.uz muhbirining ma'lum qilishicha, sudlanuvchi Abdullaevni himoya qilayotgan advokat Mayorov tergov-surishtiruv davrida tayyorlangan sud-'ekspertiza hulosasini qayta tayyorlash bo'yicha sudga iltimosnoma taqdim 'etgan.

Sudlanuvchi Abdullaevning fikricha, sud ishini ko'rib chiqishda yuritilayotgan hujjatlar jildidagi maqolalar mazmunan o'zgartirilgan, ularning barchasi «Usmon Haqnazarov» tahallusi ostida maqolalarni yozgan Bobomurod Abdullaev qalamiga mansub 'emas. Shu tufayli sud 'ekspertizasini qayta tayinlash o'ta muhim vazifa sanaladi.

Ma'lumot uchun, sud'ya Zafar Nurmatov sud 'ekspertizasini qayta tayinlashni qanoatlantirib, mualliflikni aniqlash, siyosiy mohiyatini tahlil qilish va lingvistik tekshiruv o'tkazilishi uchun mutahassislar, jumladan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hodimlari ham jalb 'etilishini bildirdi.

'Eslatib o'tamiz, o'tgan sud majlisida davlat ayblovchisi B.Qobilov sud ishi jildidagi hujjatlarga tikilgan maqolalarga o'zgartirish kiritilmaganini namoyishkorona isbotlab, «O'zbekiston halq harakati» saytida 'e'lon qilingan maqolalar biroz muddatdan so'ng tahrir qilinganini aytgandi. Ya'ni jildga tikilgan maqola nusxasi saytda 'e'lon qilingan maqoladan farqlanayotgandi. Ahborot havfsizligi sohasida faoliyat olib borayotgan mutahassis J.Qalandarov ushbu vaziyatga oydinlik kiritib, saytdagi maqolaning asl holatini tiklashga muvaffaq bo'ldi.

Sudlanuvchi Bobomurod Abdullaev 'esa bu turdagi o'zgarishlarga uning aloqasi yo'qligi, etti oydan buyon hibsda saqlanayotganini ma'lum qilgandi. Shunga qaramay, Bobomurod Abdullaev saytlarda «Usmon Haqnazarov» tahallusi bilan 'e'lon qilingan barcha maqolalar unga tegishli 'emasligini qayta-qayta takrorlamoqda.

'Endilikda barchasi sud 'ekspertizasi yakuniga etgach ma'lum bo'ladi. Keyingi sud majlisi 2018 yil 25 aprel kuni o'tkazilishi habar qilindi.

Jurnalist Bobomurod Abdullaev¸ bloger Haët Nasriddinov¸ tadbirkorlar Ravshan Salaev va Shavkat Olloërovlar O'zbekiston Jinoyat Kodeksining 159-moddasi bo'yicha ayblanmoqda.

O'tgan yilning 27 sentyabrida MHH tomonidan hibsga olingan Bobomurod Abdullaev 2011 yildan “Usmon Haqnazarov” imzosi ostida “amaldagi tuzumni o'zgartirishga chaqiruvchi” maqolalar chop 'etish va O'zbekistonda “inqilob qilish”ga urinishda gumonlanmoqda.

12ta halqaro tashkilot O'zbekiston hukumatidan Bobomurod Abdullaev boshqalarni ozod 'etishni talab qilgan 'edi.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM