Bosh mavzular

Bobomurod Abdullaev DHH hibshonasidan Prezident Mirziyoevga murojaat yo'lladi

Bi-Bi-Si radiosining habar berishcha, Usmon Haqnazarov nomi ostida maqolalar yozgan va ayni damda davlatni ag'darishda ayblanib mahkamasi davom 'etayotgan Bobomurod Abdullaev advokati orqali Shavkat Mirziyoevga murojaat yo'llagan. Maktubda u o'zini tergov qilgan MHH hodimlari Shavkat Mirziyoev siyosatiga qarshi 'ekanligini ta'kidlagan.

Maktub Ollohning nomi va unga hamd o'qish bilan boshlanadi.

Jurnalist shu kungacha tirik qolayotgani uchun hursand 'ekanligini aytgan. Tirik qolishida avvalo, Hudo va so'ngra Shavkat Mirziyoevning O'zbekistonda olib borayotgan islohotlari sabab 'ekanligini ta'kidlagan.

“Ochig'ni aytaman: agar men Islom Karimov davrida qo'lga olinganimda na MHH erto'lasidan na tergovdan tirik yoki sog' chiqishim dargumon 'edi. Karimov davrida menga o'hshaganlarni erto'lada o'ldirib, asfalt yo'lning tagiga ko'mib yuborish yoki mayib-majruh qilish urfga kirgan 'edi”, deyiladi unda.

Bobomurod Abdullaev MHH hodimlarini yomon ko'rishini aytgan. Biroq shunga qaramasdan MHH hodimlaridan uch nafari Majid, Qobil, 'Elmurod ismli shahslar uni qiynoqqa solishganini bildirgan. Boshqa tergovchilar 'esa uning oilasi va yaqinlarini o'ldirib yuborish bilan tahdid qilgan va jurnalistning sha'niga haqoratli so'zlarni aytgan.

“MHHning mana shu hodimlari bilan yuzma-yuz kelganimda ular O'zbekistonda Sizning tashabbusingiz bilan boshlangan 'erkinlashtirish siyosatiga tish-tirnoqlari bilan qarshi 'ekanliklarini o'z ko'zim bilan ko'rdim hamda shu holat haqida 2017 yilda yozgan maqolalarim (“Usmon Haqnazarov” tahallusi ostida yozgan maqolalarim) to'g'ri 'ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim”, deydi Bobomurod Abdullaev.

U tergovchi Aleksandr Veselov honasida sobiq SSSR NKVDsi rahbarlaridan biri Feliks Dzerjinskiyning surati va “qizil chekist”ga tegishli ibora tushirilgan taqvim osilib turganiga guvoh bo'lganini yozgan.

“Ahir, butun Ittifoq bo'ylab, shu jumladan, O'zbekistonda ham bolshevik bosqinchilarga qarshi kurashgan ulamoyu fidoiylarni, boyu kambag'allarni qatag'on qilish ishlarning boshida Dzerjinskiy turgan 'emasmidi”, deya savol beradi jurnalist.

Bobomurod Abdullaev uni tergov qilgan MHH hodimlari Shavkat Mirziyoev boshlagan islohotlarga qarshi 'ekanligiga guvoh bo'lganini aytgan.

“Hususan, Volodya, O'lmas, Qobil, 'Elmurod va Majid menga: “Sen yoqtirgan prezidentingning liberal siyosati O'zbekistonni haos va tartibsizliklarga olib keladi”, deyishdan charchamadilar”, deb yozgan u.

Jurnalist MHH hibshonasida o'tgan oylari davomida hafvsizlik hizmati hodimlarining o'z ishiga noprofessional yondashganiga guvoh bo'lganini ta'kidlagan.

U MHH tergovchilari horijda yurgan bir guruh jurnalist va muholifat faollariga nisbatan to'qima ko'rsatmalar yozdirib olganini aytgan.

Bobomurod Abdullaev MHH tomonidan unga nisbatan qo'yilgan “Konstitutsion tuzumni ag'darish uchun til biriktirish” aybini to'qima 'ekanligini aytgan.

Ish davomida tergovchilar tomonidan yo'l qo'yilgan bir necha mantiqsiz holatlar va hatolarni keltirib o'tgan.

“Hususan, ustimdan qo'zg'atilgan jinoiy ish materiallari ichida to'rtta qalbaki va ikki shubhali hujjat bor”, deydi Bobomurod Abdullaev.

“Jatva” (“O'rim”) loyihasi men MHH hibshonasidaligimda yozilgan, deb ta'kidlaydi jurnalist.

– Ha, ushbu loyiha aynan men MHHning tergov hibshonasida o'tirgan paytimda, aniqrog'i, 2017 yil 14 oktyabrda “JTV-polniy” degan fayl shaklida yaratilganligi sudga taqdim qilingan 'elektron ahborot disklaridan birida aks 'etgan.

Bobomurod Abdullaev Usmon Haqnazarov nomi ostida tergov materiallarida ko'rsatilganidek, 2012 yildan boshlab 'emas, balki 2003 yil yanvaridan yoza boshlaganini aytgan.

U, shuningdek, Usmon Haqnazarov nomi ostida yozilgan barcha maqolalar unga tegishli 'emasligini aytgan.

Jumladan, O'zbekiston Halq Harakati saytida Usmon Haqnazarov nomi ostida yozilgan 7 maqola unga tegishli 'emasligini ko'rsatgan.

“Bunday soxta “Usmon Haqnazarov”larga qarshi men hech qachon raddiya bildirmaganman. Chunki shunday raddiyalar mening shahsimni fosh qilib qo'yishi mumkin 'edi. Bundan tashqari, men “Usmon Haqnazarov” tahallusini hech qachon qattiq qizg'anmaganman,” degan u.

Jurnalist Bobomurod Abdullaev Mirziyoev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, uning ustidan qo'zg'atilgan jinoiy ishda adolatli hukm chiqarilishiga umid berganini aytgan.

“Yurtimizda tashabbusingiz bilan shunday 'ezgu ishlar amalga oshirilayotgan 'ekan, ustimdan qo'zg'atilgan jinoiy ish sudda odilona ko'riladi va menga nisbatan odil hukm chiqariladi, deb umid qilaman”.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM