Bosh mavzular

Bobomurod Abdullaev ishi: barcha sudlanuvchilar ozodlikka chiqarildi

Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir 'etganlikda ayblangan sudlanuvchilar Bobomurod Abdullaev, Hayothon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salaevlar ishi bo'yicha sud majlisi tugadi.

KUN.UZ muhbirining habar berishicha, Bobomurod Abdullaev, Hayothon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salaevlar sud majlisidan ozodlikka chiqarildi.

Sud Bobomurod Abdullaevni yuqorida ko'rsatilgan modda bo'yicha aybdor deb topdi va uni ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda uch yilga ahloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Bobomurod Abdullaev hibsda 221 kun saqlangani 'e'tiborga olinib, bu muddat chiqarib tashlandi. Shu tariqa, 'endi bir yildan biroz ko'roq ahloq tuzatish ishlari qoldi.

Hayothon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salaevlar aybsiz deb topildi hamda oqlandi.

Bobomurod Abdullaev, Hayothon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salaevlar sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.

Manba: kun.uz

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM