O'zbekiston

Ozod 'etilgan Bobomurod Abdullaev jamoatchilikka minnatdorligini bildirdi

45 yashar jurnalist Bobomurod Abdullaev va yana uch nafar shahs kishi ustidan o'tgan mahkama 7 may kuni yakunlangdi. Bobomurod Abdullaev sud qaroriga ko'ra, 20 foiz ish haqini ushlab qolish sharti bilan 3 yil ahloq tuzatish ishlariga jalb qilinadigan bo'ldi. Qolganlar 'esa sud zalidan ozod 'etildi.

«'Eltuz» muhbiri qamoq jazosidan ozod 'etilgan Bobomurod bilan gaplashishga muvaffaq bo'ldi. Jurnalist Bobomurod Abdullaev hibsdalik paytida uni qo'llab quvvatlagan barcha jamoatchilik vakillaridan minnatdor 'ekanini bildirdi.

«Tashqarida jamoatchilik meni qo'llab quvvatlab turganini hamisha sezib turdim. Hammaga minnatdorligimni etkazing!» dedi Bobomurod Abdullaev «'Eltuz» muhbiriga.

Sud'ya Zafar Nurmatov chiqargan qarorga ko'ra, 159-moddaning 3-kismi, “b” bandida ko'zlangan jazo muddatidan Bobomurod Abdullaev hibsda saqlangan 221 kun chiqarib tashlangan.

Bobomurodning qamoqdan ozod 'etilishini katta g'alaba 'ekanini 'e'tirof 'etarkan, jurnalistni himoya qilgan advokat Sergey Mayorov sud qaroridagi jazoning ham noto'g'ri belgilangani, chunki Bobomurodning ayni jinoyatni sodir 'etgani isbotlanmaganini aytdi.

«Shahsan, men sud qaroridan qoniqmadim, agar Bobomurod qarshilik qilmasa appelyatsiya shikoyati topshirishimiz mumkin», dedi Mayorov sud yakunida.

'Eslatib o'tamiz, jurnalist Bobomurod Abdullaev Milliy havfsizlik hizmati hodimlari tomonidan o'tgan yilning 27 sentyabrida o'g'irlab ketilgan. Oradan uch kun o'tib, uning MHH (DHH) tomonidan «hokimiyatni ag'darishga urinishda ayblanayotgani» ma'lum bo'lgan 'edi.

Manba: eltuz.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM