O'zbekiston

AI: B.Abdullaevning ozod qilinishi ortidan konkret islohotlar o'tkazilishi lozim

“Ozodlik” radiosining habar berishicha, sudning sport sharhlovchisi Bobomurod Abdullaevni ozod qilish qarori mamlakatda doimiy hurujlarga uchraydigan o'zbek jurnalistlariga umid beradi, lekin bu hukm ortidan fikr bildirish 'erkinligi huquqini himoya qiladigan konkret islohotlar amalga oshirilishi lozim, deb bayonot berdi halqaro Amnesty International tashkiloti.

“Bobomurod Abdullaev mustaqil jurnalist sifatidagi faoliyati uchun dahshatli haq to'ladi. U hayotining 7 oyini O'zbekistonning 'eng yomon nom chiqargan Tergov izolyatorida o'tkazdiki, bu erda u aftidan, aybiga iqror qildirish uchun qiynoqlarga tutilgan. Biz unga qiynoq qo'llanilganiga oid habarlar yuzasidan puhta, holis va mustaqil tergov o'tkazilishi lozimligini qat'iy ta'kidlaymiz”,- deyilgan Amnesty International tashkilotining Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo bo'yicha direktori o'rinbosari Denis Krivosheevning bayonotida.

45 yashar jurnalist Bobomurod Abdullaev va uning jinoiy sheriklari sifatida ko'rilgan uch kishi ustidan Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudida bir necha haftadan buyon davom 'etgan sud jarayoni 7 may kuni yakuniga etdi.

Shu kuni sud hukmi o'qildi. Jurnalist Bobomurod Abdullaev O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159- moddasi, 1- kismi, “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir 'etganlikda aybdor topilib, unga ish haqining 20 foizini davlatga o'tkazish va 3 yilga ahlok tuzatish ishlariga jalb 'etish jazosi tayinlandi.

Sud zalida ishtirok 'etgan mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanovning Ozodlikka aytishicha, sud'ya Zafar Nurmatov sudlanuvchi Bobomurod Abdullaev hibsda saqlangan 221 kunni 'e'tiborga olib, bu muddatni belgilangan jazo muddatidan chiqarib tashlagan.

Sud hukmi bilan Bobomurod Abdullaev sud zalidan ozod qilindi.

Abdullaevning jinoiy sheriklari sifatida sudlangan 3 fuqaro sud hukmi bilan oqlanib, sud zalidan ozod qilindi.

Jurnalist Bobomurod Abdullaev¸ bloger Haët Nasriddinov¸ tadbirkorlar Ravshan Salaev va Shavkat Olloërovlar O'zbekiston Jinoyat Kodeksining 159-moddasi bo'yicha ayblanayotgan 'edi.

O'tgan yilning 27 sentyabrida MHH tomonidan hibsga olingan Bobomurod Abdullaev 2011 yildan “Usmon Haqnazarov” imzosi ostida “amaldagi tuzumni o'zgartirishga chaqiruvchi” maqolalar chop 'etish va O'zbekistonda “inqilob qilish”ga urinishda gumon qilinib sudlandi.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM