O'zbekiston

Rossiyaga ishga ketayotganlardan O'zbekistonda imtihon olish tartibiga oid nizom qabul qilindi

Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O'zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon o'tkazishni tashkil 'etish tartibi to'g'risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yhatidan o'tkazildi.

Bu haqda vazirlik o'zining Telegramdagi sahifasida habar qildi.

Nizomga ko'ra, Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun kompleks imtihon bosh vakolatli oliy ta'lim muassasalari tomonidan Kompleks imtihon o'tkazish markazlarida tashkil 'etiladi.

Kompleks imtihon o'tkazish markazi tomonidan imtihon topshirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlanganligi haqida ommaviy ahborot vositalari va Markazning rasmiy veb-saytida 'e'lon beriladi.

'E'londa imtihonda ishtirok 'etishni istagan shahslar tomonidan taqdim 'etiladigan hujjatlar ro'yhati, ularni qabul qilish muddatlari, shuningdek Markazning manzili va murojaat uchun telefon raqamlari ko'rsatiladi.

Qabul qilingan hujjatlar asosida Markaz direktori tomonidan imtihon o'tkazish kuni va vaqti belgilanadi.
Imtihon o'tkaziladigan kundan kamida 3 kun oldin talabgorga kompleks imtihon o'tkazilish kuni va vaqti haqida habar beriladi.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM