O'zbekiston

MHH yosh olimni nega qamatdi?

O'zbekiston Harbiy sudi “vatanga hiyonat”da ayblangan turkolog olim Andrey Kubatinni 5 yilga ozodlikdan mahrum 'etgan.

Bu haqda uning rafiqasi Feruza Jumaniyozova F'eysbukdagi sahifasida yozdi.

“Andrey Kubatin 5 yilga qamaldi. Afsus…”

“Andrey Kubatin ma'sum. Buni hamma biladi”

Kubatin ilk bor 2017 yil 1 dekabrida 11 yilga ozodlikdan mahrum 'etilgandi.

Appelyatsiya yopiq mahkamada ko'rilgan. Unda ayblanuvchi va advokat ishtirok 'etgan, holos.

Kubatin O'zbekiston Davlat arhivi hamda Sharqshunoslik institutidan 'elektron kitoblarni Turkiya fuqarosi Sulaymon Qiziltuproqqa 1000 dollar 'evaziga berishda ayblangan.

Professor Qiziltuproq Turkiya Halqaro Hamkorlik va Taraqqiyot agentligi (TIKA) ning O'zbekistondagi idorasi rahbari bo'lgan.

Tergovni olib borgan sobiq MHHga ko'ra, Kubatin taqdim 'etgan ma'lumotlar pantyurkizm targ'iboti, diniy va irqiy nizo qo'zg'ash va O'zbekistonning tabiiy boyliklari haqida ma'lumot olishda ishlatilishi mumkin.

Ammo Kubatinning hammaslaklari bu da'volarni rad 'etishadi.

Ularga ko'ra, ushbu ma'lumotlar ochiq manbalarda mavjud va ular davlat siri 'emas.

Dunyo tanigan olim

2017 yilda qator o'zbek olimlari MHH rahbari Inoyatovga murojaat qilib, Kubatin ishini qayta ko'rib chiqishni so'rashgan.

Ammo MHH raisi murojaatni javobsiz qoldirgan.

Bi-bi-si hozirda Turkiya Halqaro Hamkorlik va Taraqqiyot agentligi Anqaradagi qarorgohida ishlayotgan professor Qiziltuproqqa bog'landi.

Qiziltuproq Kubatin ishiga aloqasi yo'qligi va uni tanimasligini aytdi.

Shu yil boshida dunyoning turli davlatlaridan 40 dan ortiq olimlar Prezident Shavkat Mirziyoevga murojaatnoma yo'llab, Kubatinni ozod 'etilishiga ko'maklashishni so'rashgan.

Ularga ko'ra, Kubatin yosh bo'lishiga qaramay, dunyoning akademik doiralarida yahshi tanilgan sharqshunos olimdir.

Murojaatnoma mualliflari Turkiya bilan munosabatlar yahshilanayotgan bir pallada yosh olimning Turkiya bilan aloqalarda ayblanishini tushunarsiz 'ekanini aytishgan.

Yaqinlari va hammaslaklari Andrey Kubatinning sog'ligidan havotir bildirishmoqda.

Feruza Jumaniyozova: “U juda yomon ahvolda 'ekan… qon bosimi yuqori, men battar havotirdaman”.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM