Bosh mavzular

Akrom Malikning tahlil kuchi

Adabiyotchi Akrom Malik taqdirini kuzatib boraman. Uning Abdulloh Nusrat tahallusi bilan yozgan maqolalarini, ro'za oylari 'edi, internetda o'qib qolib, hayron qolganman, manzaralarda chop qilganman. Adabiyotimiz darg'alaridan so'raganman, masalan, Nabijon Boqiydan so'rovdim.

– Nabijon aka! Abdulloh Nusrat kim? Taniysizmi?
– Yo'q, uzr. Tanimas 'ekanman.
– Manimcha, Ibrohim Haqqul bo'lsa kerak.
– Yo'q, u 'emas.
– Jamol Kamoldir yoki Sayfuddin Ra'fiddin. Ikkovidan biri 'ehtimol. Lekin A.Nusratning tahlil kuchi bu uch mutafakirdan ham balandroq. Yoki vaqt o'tib qalamlari charhlangandir.

Akrom Malik qamalganidan keyin internetdan uning boshqa maqolalarini ham o'qidim. Navoiy haqida. Akromning fikrlash tarzidan uning bir fenomen 'ekani sezilib turadi. Akromgacha Navoiyni hech qaysi adabitoshunos tiniq, teran va sodda tahlil qilmagan. Masalan, Ibrohim Haqqul, Najmiddin domla Komilov (ruhi shod bo'lsin) tahlilda qolib ketadi-primitivlik va umumiylik ko'proq.

Akromning matnlari Navoiyning bayroqdori 'ekanini yaqqol ko'rsatib turadi. Navoiy haqida muhtaram professorlarning ilmiy gurunglarini tvdan 'eshitib Akromning fikrlash darajasigacha bu muhtaram insonlarga ancha bor, degan o'y o'tadi.

Akrom Malik sirli do'stimiz 'ehtiyot bo'lish kerak 'edi: matnlarida pafosga 'erk bermaslik kerak 'edi. Qonun ishlamaydigan jamiyatlarda qalam bechoralikdan pafosga beriladi. Ko'p jamiyatlarda pafos uchun qamaladi, pafos uchun otilgan, pafos uchun sotilgan, pafos uchun o'ldirilgan. Tarih bunga guvoh.

Men Akrom Malikni oqlamoqchi ham qoralamoqchi ham maqtamoqchi ham 'emasman. U bunga zor ham 'emas. Akromning 'eng buyuk orqasi bor chunki bunday matn yozadiganlarning orqasi-himoyachisi bo'ladi: Navoiyning Hudosi Akrom bilan ham birgadir demoqchiman.

Bizga notanish bo'lgan 'endi internet orqali tanish, Navoiyning kuchli bilimdoni, Akrom Malik shifohonaga tushib qolibdi. Bu maqola ham shu sabab bilan yozildi.

Murod Karim
Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM