O'zbekiston

O'hshatish yohud “fonogramma”

Men prezidentimizni og'ir yuk tortishga harakat qilayotgan, ammo harchand depsinsa-da, aravani o'rnidan qo'zg'ata olmayotgan – otga o'hshataman.

Tavarak atrofidagi amaldorlarning 'esa unga yordam berish o'rniga nuqul yolg'ondan “bir-ikki, itardik”deb qichqirayotgani bilinib qolayapti…

Men prezidentimizni 33 million vagonni tortishga harakat qilayotgan, lekin harchand tirishsa-da, bu 'eshalonni o'rnidan qo'zg'ata olmayotgan – parovozga o'hshataman. Bechora ho'p harakat qilyapti, hatto g'ildiraklari orasidan o't chaqnayapti, ammo…

Tavarak atrofiga yig'ilgan amaldorlar unga yordam berish o'rniga, qarsak chalishdan nariga o'tishmayapti…
Ommaviy ahborot vositalarida O'zbekistonning dastlabki chorak asrlik tarihini “turg'unlik davri” deb baholanyapti. Keyingi ikki yil davomida ham negadir yurtimizda oldinga siljish sezilmayapti, yo bu ikki yilni ham…

Yoki prezidentimizni quyoshga o'hshatsammikan? Shu o'hshatuvim to'g'ri shekilli?

Chunki, u ikki yildan beri tinmay nur sochyapti, bizgacha u tarafdan biroz yorug'lik kelayapti, biroq tafti… tevarak atrofidagi amaldorlardan ortib, oddiy FU-QAROgacha etib kelmayapti…

14.05.2018

Qadamboy Otaboev

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM