Bosh mavzular

MHH (DHH) niqobidagi millat hoinlari: Muhiddinov, Veselov, Yakubov va boshqalar haqida

Kuni kecha Usmon Haqnazarov tahallusi bilan faoliyat olib borgan Bobomurod Abdullaev sudi yakunlanib jurnalistning sud zalidan ozod qilingani bu sohta jinoyat ishini ochgan va yuritgan MHH (DHH) hodimlarini qattiq jazavaga tushirgani shubhasiz. Bu kimsalar hali ham 'eski tuzumni qo'msab, hech qanday javobgarliksiz davlat bergan vakolatni oddiy halqqa qarshi qo'llab, boylik va sohta obro' orttirib, kerilib yurish niyatidan qaytmagani uchun ushbu maqolada ularni 'eski nomi – MHH bilan ataymiz.

B.Abdullaev ozod qilinganidan bir kun o'tib sodir bo'lgan ba'zi ko'ngilsiz voqealar, to'g'rirog'i mhhchilarning g'arazli niyatlarda uyushtirgan fitnalari bizni hushyor torttirdi va bu fitna ortida kimlar turganini jiddiy surishtirishga undadi.

O'Ch OLISh HIRSI

7 may kuni jurnalist B.Abdullaev sud zalidan ozod qilinib, qo'yib yuborildi va mhhchilarning uyushtirgan sohta jinoyat ishi fosh bo'ldi.

Jurnalistni o'g'irlab ketib jinoyat ishi ochishganida og'zi qulog'iga etib, sevinchdan ichiga sig'magan mhhchilar voqealarning bunday rivojini hatto hayoliga ham keltirishmagandi.

Buning ustiga bu ish tepasida turganlardan biri podpolkovnik Nodir To'raqulovning ashaddiy jinoyatchi sifatida qamoqqa tashlanishi guruhning qolgan a'zolarini ancha gangitib qo'ygandi. Lekin mhhchilar B.Abdullaevning ohirgi sud majlisiga qadar g'arazli niyatlaridan qaytishmadi.

Nihoyat, butun rejalari chippakka chiqqanidan so'ng, ular insonlikka nomunosib, o'ta razil va qabih fitnaga qo'l urishdi.

Bu rejani quyidagi bosqichlarda amalga oshirish ko'zda tutildi:

1. O'HH lideri Muhammad Solihga oid 'elektron pochtalarga virus yuborib buzib kirish.

2. “O'tyuraklar klubi” internet sahifasini buzib kirish va sahifada O'HH lideri Muhammad Solih hamda jurnalistlar Shuhrat va Qudrat Bobojonovlarning sha'nini bulg'ovchi uydurma maqolalarni joylash.

3. Huquq himoyachisi va jurnalist Malohat 'Eshonqulovaga tegishli himoyauz.com internet sahifasini buzib kirish va sahifaga Mo''tabar Tojiboeva, Galima Buharboeva va Abdurahim Po'latovlarga qarshi maqolalar joylash.

4. Turli hil saytlarda, bloglarda va ijtimoiy tarmoqlarda sohta hisoblar ochib, bu maqolalarni tarqatib, yuqoridagi shahslar orasiga nifoq solish va katta janjal chiqarish.

Quyida MHH niqobini kiygan vijdonsiz nushalar tomonidan tuzilgan bu qabih va g'ayriinsoniy rejaning qanday amalga oshirilgani haqida hikoya qilamiz.

O'HHni M.TOJIBOEVAGA QARShI GIJ-GIJLASh REJASI

8 may kuni tushdan keyin Mo''tabar Tojiboevaga tegishli bo'lgan internet sahifasida muholifatdagi O'zbekiston Halq Harakati lideri Muhammad Solih hamda “Ozodlik” radiosi jurnalistlari aka-uka Shuhrat va Qudrat Bobojonovlarning sha'nini bulg'ovchi o'ta jirkanch uslubda yozilgan maqola va fotomontaj qilingan sharmsiz suratlar paydo bo'lib qoldi.

M.Tojiboevaning O'HH va uning lideriga bo'lgan munosabati ko'pchilikka ma'lum, bu ishni navbatdagi “dushmanlik” aktsiyasi sifatida qarab darhol qarshi hujumga o'tib ketilishi mumkin 'edi. MHHning niyati shu 'edi.

Biroq millat dushmani bo'lgan bu tashkilotga qarshi yillar davomidagi kurash tajribasi bizni biroz og'ir bo'lishga va bu ishni yahshiroq surishtirishga majbur qildi. Chunki internet sahifadagi maqolaning joylashuvi ham kuchli xaker tomonidan uyushtirilgan bir tuzoq 'ekaniga ishora qilardi.

Avvalambor maqola tagiga joylangan va fotomontaj yo'li bilan ulangan rasmdagi O'HH lideri Muhammad Solihning yuzi qaysi suratdan olingani tekshirildi.Ma'lum bo'ldiki, bir kun oldin Muhammad Solihning 'elektron pochtasiga virus yuborilgan va pochta buzib kirilib tayinli narsa topa olishmagan. 'Elektron pochtani buzish asnosida telefon hotirasidagi rasmlarni montaj qilish uchun ko'chirib olishgan.

'Elektron pochtaning buzilgani haqidagi Google shirkati tomonidan jo'natilgan bildiruv hatida ko'rsatilgan IP adresi tekshirib ko'rilganda, hujumning Toshkent shahridan amalga oshirilgani ma'lum bo'ldi. IP adreslar kartotekasi bo'yicha mutahassislarimiz olib borgan surishtiruvlar 'esa hujumning MHH chilarga oid va bizga ma'lum bo'lgan manzildan uyushtirilgani yuzaga chiqdi.

Bu vaqtga kelib, avvalo jurnalist Ulug'bek Bakirov “O'tyuraklar klubi” internet sahifasining hujumga uchragani haqida Facebook sahifasida bayonot berib bo'lgandi.Bir kun o'tib veb-sahifa 'egasi M.Tojiboeva ham internet sahifasining hujumga uchraganini, u erga joylangan haqoratli maqolaga aloqasi yo'qligini bildirdi. Buning uni obro'sizlantirish maqsadida uyushtirilgan fitna 'ekanini ma'lum qildi.

TOJIBOEVA, BUHARBAEVA VA PO'LATOVNI O'HHga QARShI QO'YIB, HAMMASINI TUZOQQA TUShIRISh REJASI

Yuqoridagi voqea MHHchilar uyushtirgan razil fitnaning bir qismi 'edi holos.Aslida, B.Abdullaevning sudida qattiq zarba olgan mhhchilar guruhi qasos olish uchun qabih rejasini yana-da mukammal qilishni o'ylardi. Ayni kun, ya'ni 8 may kuni huquq himoyachisi va jurnalist Malohat 'Eshonqulovaga oid himoyauz.com internet sahifasida “Suykalgan suyak g'ajir” va “Abdurahim Po'lat: odam qiyofasidagi shayton va haromiy” sarlavhalari ostida Mo''tabar Tojiboeva, Galima Buharbaeva va Abdurahim Po'latovlarga qarshi fitna-fasoddan iborat va o'ta razil maqsadda yozilgan ikkita maqola joylab qo'yildi.

9 maydan 10 mayga o'tar kechasi saytdagi begona maqolalarni payqab qolgan M.'Eshonqulova zudlik bilan ushbu maqolalarni olib tashlashga harakat qiladi va o'zining Facebook sahifasi orqali bu razolatga hech qanday aloqasi yo'qligi haqida bayonot beradi.

M.'Eshonqulova MHHdagi nopok kimsalarning bu g'arazli rejasiga o'z munosabatini shunday ifoda qiladi: “Mahsus hizmatlar pichoqning sopini o'zidan chiqarishga, o'zini o'ziga emish qilishga, muholifat va inson huquqlari faollari o'rtasiga shu tariqa nifoq solib qo'yib, bu olam odamlarining soch yulishishlarini bir chetdan turib maza qilib tomosha qilishga jazm 'etgan ko'rinadi. Aks holda bir kunda 100 ta odam kiradi, yo kirmaydigan bizning saytga buningdek mag'zava maqolani ko'yishdan kimga nima naf? Buningdek tubanlikdan kim manfaadtor?”…

QABIH REJANI INTERNETDAGI BLOG SAHIFALARI VA IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATISh REJASI

MHH niqobini kiyib o'zlari ho'rlagan halqning pulidan yig'ilgan davlat byudjetidan maosh olib oilasi va bola-chaqasini harom luqma bilan boqib yurgan bu razil kimsalar o'z rejalarining yanada katta rezonans berishi uchun o'zlari tayyorlagan maqolalarni internetdagi butun tarmoqlarda tarqatishni o'ylashgandi.

Shu maqsadda internetdagi Blogger saytida “Muhammad Solih blogi” nomi bilan sohta bir sahifa ochishdi. Ushbu blog sahifasiga M.Tojiboeva, G.Buharbaeva va A.Po'latovlarning sha'nini bulg'ab yozilgan maqolalarni joylashdi.

Shundan so'ng medium.com internet sahifasida mike8687 nomi bilan sohta bir blog ochib ichiga Muhammad Solih hamda Shuhrat va Qudrat Bobojonovlarga qarshi yozilgan maqolani joylashdi.

Bundan tashqari mhhchilar o'z qabih rejalarini ijtimoiy tarmoqlarda kengroq tarqalib ovoza bo'lishi uchun o'zlari tomonidan odnoklassniki tarmog'ida 2018 yilning 23 mart kuni “Jalol Nazarov” nomi bilan ochilgan sohta sahifa orqali yuqoridagi maqolani tarqatishga kirishishdi.

MHH (DHH) niqobidagi razil kimsalar ushbu g'arazli reja orqali hammani bir-biriga qarshi qayragan holda katta janjal chiqarib B.Abdullaev sudida olingan zarba uchun o'ch olishmoqchi 'edi. Lekin o'ylagan rejalari kutilgan natijalarni bermadi.

MHH NIQOBIDAGI PREZIDENT DUShMANLARI YoKI “LAQABLILAR”

Jurnalist Bobomurod Abdullaev MHH tergov izolyatoridan turib O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga yozgan maktubini “Kalamushlar quyosh chiqishini istashmaydi” deb atagandi. Darhaqiqat butun faoliyati ushbu maqolada tilga olingan tubanliklarni rejalashtirib o'zgalar hayotini barbod qilishdan iborat bo'lgan MHHchilarni kalamushlar to'dasiga qiyoslash mumkin. Alabbta, biz butun Davlat Havfsizlik Hizmati (DHH)ni qoralashdan yiroqmiz. Ammo bu tashkilot ichida mahsus hizmatlar ishiga umuman aloqasi bo'lmagan ishlar bilan shug'ullanib bir guruh mhhchilar borki, ular mamlakatdagi hurfikrlilik, 'erkinlik va farovonlikning kushandasidir. Boshqa so'z bilan aytganda, maqolada tilga olingan nushalar millatimiz havfsizligi uchun haqiqiy tahdid va bugun isloh bo'lgan DHH tashkilotining yiring bosgan yarasidir.

Tashkilot bu yaradan qanchalik tez qutilsa shunchalik hurmat qozonishi tayin.

Mavzuga qaytsak, B.Abdullaevning sudda bergan ko'rsatmalarida sohta jinoyat ishini uyushtirgan mhhchilarning o'zlariga laqab qo'yib olishlari ma'lum bo'ldi. Masalan B.Abdullaevni qiynoqlarga solgan Majid va Qobil ismli mhh mushtumzo'rlari o'zlariga “Hojib” va “Javlon” kabi laqablarni qo'yib olishgan. Yana bir 'Elmurod ismli nusha 'esa o'zini “Oybek” degan laqabi bilan tanishtirgan. B.Abdullaevning ko'rsatmalaridan ma'lum bo'lishicha, bu uch nusha asosan buyruq bajaruvchilardir. Bularning tepasida 'esa yulduzi kattaroq bo'lgan O'lmas va Andrey degan kimsalar turibdi. Volodya degan mhhchi ham o'ziga “Andrey” deb laqab qo'yib olgan.

B.Abdullaev sud jarayonida juda muhim bir ma'lumotni aytib o'tdi. (Bu hususga DHH rahbariyati haligacha jiddiy 'e'tibor qaratmagani bizni taajjubga solmoqda). Yuqorida tilga olingan O'lmas ismli mhhchi tergov jarayonida B.Abdullaevga: “Biz seni 20 yil qamoqqa tashlaymiz va zonada biz nima desak shuni qilasan. Sovet davridagidek 5 yillik rejani bajarasan. 5 yil Ihtiyor Abdullaev haqida, keyingi 5 yil Po'lat Bobojonov haqida, uchinchi 5 yilda Muhammad Solih haqida va so'ngi 5 yilda Prezident ma'muriyati haqida yozasan” deb tahdid qilgan. Ya'ni bu nusha davlat rahbariga bo'lgan nafratini ochiqcha oshkor qilmoqda, lekin haligacha yallo qilib yuribdi.

Huddi shu mazmundagi ko'rsatmani yozdirishga uringan yana bir mhhchi nushaning ismi Timur Yakubov. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra otasining ismi Komil. Bu kimsa o'zini barchaga “Rustam” degan laqabi bilan tanishtirib kelgan. B.Abdullaevning ishida nima qing'ir ish bo'lsa ortidan mana shu kimsaning ismi chiqib keladi.

Masalan, u 26 dekabrda B.Abdullaevdan tushintirish hati yozdirib, 26 sentyabr' sifatida rasmiylashtirgan. B.Abdullaevga qarshi guvohlik berishga majburlangan Charos Abdullaevadan ham o'tgan muddatli tarih bilan tushuntirish hati yozdirib olgan ham shu kimsa. 'Eng muhimi u O'lmas ismli mhhchi boshlab bergan Prezidentga qarshi sabotajni avjiga chiqargan.

B.Abdullaev sudda bergan ko'rsatmasida Timur Yakubovning o'sha vaqtdagi Bosh prokuror Ihtiyor Abdullaev va Ichki ishlar vaziri Bo'lat Bobojonovlarning rasmlarini ko'rsatib ularni jinoyatdagi sheriklari sifatida yozma guvohlikka majbur qilganini aytdi. Mana shunday holatlardan so'ng ham mayor unvonini taqib olgan “Rustam” laqabli bu nusha DHH idorasida qanday ishlab yuribdi?

Yoki DHH raisi I.Abdullaevning bu gaplardan habari yo'qmi?

B.Abdullaev ishida asosiy jonbozlik ko'rsatganlar shubhasiz podpolkovnik Nodir To'raqulov, mayor Aleksandr Veselov va kapitan Nodir Muhiddinovlardir. “Nodir hudo” laqabli mhhchi parazitni prezident Sh.Mirziyoev “it” deb atagandi. Bu “it” haqida ko'p marotaba yozilgani uchun ortiqcha to'htalib o'tishli lozim topmadik.

Zero hozir u o'ziga munosib joyda qilmishlariga javob bermoqda.

Qolgan ikkita nusha – Muhidinov va Veselov, shuningdek yuqorida nomi tilga olingan Yakubovlar bugun biz ko'targan mavzuning asosiy “qahramon”laridir. Chunki o'tgan yillar ichida O'zbekistonda Karimov diktaturasiga qarshi biron fikr aytgan hurfikr, millatini sevadigan va fidoiy inson chiqsa, hammasini uydirma ayblar bilan nohaq qamashda mana shu kimsalarning u yoki bu darajada qo'li bor.

O'HH va muholifat faollarini tuhmat bilan qamoqqa tashlash borasida 'esa bu uchala “kalamush”ga mutlaq vakolatlar berilgan.

YoSh OLIMLAR AKROM MALIK VA RUSTAM ABDUMANNAPOVLARNING HAZON QILINIShI

Joriy yilning 3 may kuni O'zbekiston Halq Harakati saytida mustaqil huquq himoyachisi va sobiq siyosiy mahkum A'zam Turg'unovning “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida” nomli maqolasi 'e'lon qilindi. Maqolada uydirilgan to'qima ayblovlar bilan nohaq qamoqqa tashlangan ikkita yosh olimning taqdiri haqida gap boradi. Bular – Navoiyshunos olim Akrom Malikov va ilmiy siyosiy maqolalar yozgan siyosatshunos olim Rustam Abdumannapovlardir.

Ushbu ikkita sohta jinoyat ishini o'rganib chiqqan A'zam Turg'unov quyidagi hulosalarga keladi:

Akrom Malik 2016 yil 22 iyulda ushlangan;
Rustam Abdumannopov ham 2016 yil 22 iyulda ushlangan;
Hukmda har ikkalasigayam 2016 yil 6 avgustda ushlangan deb yozilgan;

Demak, Akrom Malik va Rustam Abdumannopovni 14 kun qaerdadir saqlashgan, qiynoqlar qo'llashgan. (A'zam Turg'unov maqolasida Malikov va Abdumannopovlarning ushlangani borasida hato sana o'tib ketgan, aslida ikkala yosh olim ham bir kunda qo'lga olingan – Tahririyat)

Bittasini 2017 yil 13 yanvar kuni jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent viloyat sudi JKning 159-moddasi 3-qismining “a,b”bandalari, 244/1- moddasi 3-qismi “a,v,g”, 244/2-moddasi 1-qismi bilan ayblab, 6 yil muddatga, ikkinchisini 'esa jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudining 2017 yil 20 yanvar kunidagi hukmiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi JKning 159-moddasi 3-qismining “a,b” bandi, 244/1-moddasi 3-qismining “a,v,g” bandalari, 168-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir 'etganlikda ayblanib, 9 (to'qqiz) yil muddatga ozodlikdan mahrum 'etish jazosi tayinlangan.

A'zam Turg'unovning bu ikkita sohta jinoyat ishidagi o'hshashliklarga 'e'tibor qaratgani bizning ham 'e'tiborimizni tortdi va bu ishlarni jiddiy tekshirishga kirishdik.

Ikkala jinoyat ishi materiallari va sud hukmi bilan tanishib chiqish barobarida mahkumlarning yaqinlari bilan suhbatlashib yana bir qancha ma'lumotlarni qo'lga kiritildi.

Yuzaga chiqqan guvohliklar va dalillar bilasizmi bizni qaerga etakladi? Aynan Bobomurod Abdullaevning qamashga uringan mhhchilar “kalamushlar guruhi” – Muhiddinov, Veselov va Yakubovlar guruhiga!.

Bu olimlarni qo'lga olish uchun reja puhta tuzilgan.

'Eng hayratli tomoni bu ikki ishni tergov qilgan IIV vakillari ishning haqiqiy mazmunini to'la-to'kis bilishmaydi ham. Bilgani faqat bir gap – ular “nazoratdagi ishlar” 'edi.

Qanaqa nazorat, kim nazorat qiladi….kabi savollar va qayta surishtiruvlar natijasida ikkala olimga nisbatan uyushtirilgan ishning aslida bitta rejaning ikkita qismi 'ekani ma'lum bo'ldi. Kalavaning uchi aylanib yana Muhiddinov, Veselov va Yakubovlarga borib taqaldi.

A'zam Turg'unov aytganidek bu ikkala olim turli vaqtlarda 'emas, aynan bir kunda, ya'ni 2016 yilning 22 iyul' kuni o'g'irlab ketilgan. Bir-birini tanimaydigan bu ikki olimga shaharning turli chekkalarida bir hil usulda tuzoq qo'yilgan. Ikkalasiga ham bir vaqtda shaharning ikkita joyida bir to'da shallaqi fohishalar hujum qilishadi.

Keyin panada poylab turgan IIBchilar paydo bo'lishadi va izolyatorga olib ketishadi. Ikkalasining ham cho'ntagidan go'yoki flesh karta chiqadi. Buni qarangki, har ikkalasidan chiqqan flesh kartalar ichida bir hil material mavjud.

Ishning uyushtirilganligi shundoq ko'rinib turganiga qaramasdan jinoyat ishlari bo'yicha kasbiga noloyiq jinoyatchi sud'ya M.Hodjaev yuqoridagi mhhchi kalamushlarning buyurtmasini bajarib 2017 yilning 13 yanvar' kuni R.Abdumannapovga 9 yil, yana bir qo'rqoq va jinoyatchi sud'ya Sh.Tursunov 'esa 2017 yilning 20 yanvar' kuni Akrom Malikka 6 yillik qamoq jazosi tayinlaydi.

YoZUVChI MAMADALI MAHMUDOVGA TELEFONDA TAHDID

2017 yilning fevral' oyida jurnalist Ismat Hushevning Dunyo O'zbeklari saytida “Yozuvchi Mamadali Mahmudovga SNB dan telefon qilishdi” nomli maqola 'e'lon qilindi. Mamadali Mahmudov shunday hikoya qiladi: “Ismatbek! “Dunyo o'zbeklari”da mening Prezidentga yozgan hatimni bosgan 'ekansiz. Rahmat Sizga. SNBdan Rustam ismli yigit telefon qilib, bir soat asabimni 'egovladi. Nega “Dunyo o'zbeklari”ga bergansiz bu maqolani, nega butun dunyoga jar solasiz, nega o'zimizga aytmaysiz dardingizni, nega ularga shikoyat qilasiz va hokazo…Men Rustam (Telefoni: 997-35-13) ga: “Qamoqdan chiqqanimga to'rt-besh yil bo'ldi, meni tinch yashagani qo'yasizlarmi, yo'qmi, mendan nima istaysizlar? – dedim. Mamadali Mahmudov SNB hodimiga: “Ismat Hushevga bu maqolani do'stlarim va shogirdlarimdan qaysi biri yuborganini bilmadim, lekin bilganimda ham uni Sizlarga hech qachon aytmasdim!” deganidan so'ng, SNBchi Rustam yozuvchiga: “Sog'ligingizni tilayman!” deb tagdor gap qilib, kesatibdi. Bundan oldin 'esa: “Toshkentdagi qaysi kasalhonada yuragingizga stimulyator qo'yasiz deb, rosa surishtirdi. Men uning tovushida samimiylikdan ko'ra ko'proq shantaj va tahdidni sezdim, – deydi Mamadali aka.”.

Biz ushbu maqola chiqqan kuniyoq Mamadali aka tilga olgan telefon raqamiga bir necha marta qo'ng'iroq qildik. Maqola chiqqanidan so'ng o'takasi yorilib ketib, “quyoshdan qo'rqqan kalamush” telefon raqamni butunlay o'chirib tashlabdi.

Gap kim haqda borayotganini payqagandirsiz. Yuqorida tilga olingan Muhiddinov va Veselov komandasining 'eng faollaridan bo'lgan “Rustam” laqabli Timur Yakubov haqida bormoqda gap.

'ERKINLIK ISTOVChI BARChA HURFIKR INSONLARGA MUROJAAT

Har bir davlatning mahsus hizmatlari oldidagi bosh vazifa avvalambor o'sha halqning havfsizligini ta'minlash, tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi ichki va tashqi hurujlarga qarshi kurashdir. Bu vazifani amalga oshirishda mahsus hizmatlarning ish uslubi razvedka va kontr-razvedkadir. Bu butun dunyoda qabul qilingan standart.

Mahsus hizmatlarga milliy havfsizlik va barqarorlikka tahdid yuzaga kelgan holatlarda tezkor faoliyatlar olib borish uchun ma'lum darajada harbiy salohiyat ham berilgan, ammo bu kuch o'ta jiddiy vaziyatlardagina qo'llaniladi. Bu jihati bilan mahsus hizmatlar davlatning kuch ishlatar tizimining ajralmas bir bo'lagidir.

O'tgan 27 yil davomida O'zbek mahsus hizmatlari bo'lgan sobiq Milliy Havfsizlik Hizmatining o'z vazifasiga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan ishlar bilan shug'ullanib uyushgan jinoiy faoliyatga aylangani to'g'risida juda ko'p marotaba yozildi.

Bugun bu hizmatning islohotga yuz tutgani borasida gap borar 'ekan, ushbu maqolada tilga olingan tayinsiz guruhlar, ya'ni QILADIGAN BUTUN VAZIFASI FAQAT 'ERKIN FIKRLOVChI FUQAROLARNI OVLAShdan iborat bo'lgan “kalamushlar”ga DHH tizimida mutlaqo o'rin yo'q.

Qanchadan qancha ziyolilarimizning umrini hazon qilgan bu manfur kimsalarni dunyoga keltirganlarga ming la'nat bo'lsin.

Onalarning ko'z yoshlarini to'kib, yosh umrlarni hazon qilgan bu jinoiy guruh faoliyatini kuzatishda davom 'etamiz.

Shu maqsadda sizga murojaat qilib, bu maqolada nomi yoki laqabi tilga olingan mhhchi kimsalar haqida ma'lumotga 'ega bo'lsangiz, bizga bildirishingizni, kelajagimiz ildiziga bolta urayotgan bu manfur kimsalarning qilmishlarini fosh qilishda ko'mak berishingizni so'raymiz.

Maqolada tilga olingan NODIR MUHIDDINOV, ALEKSANDR VESELOV, TIMUR YaKUBOV, MAJID, QOBIL, 'ELMUROD, VOLODYa va boshqalarning qing'ir ishlariga zudlik bilan chek qo'yilishi shart va bu ish faqat ularni halq oldida fosh qilish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin.

Yana qaytaramiz,DHH da o'z vazifasini sidqidildan bajarayotgan va kerak bo'lsa havfli vaziyatlarda shu millat uchun o'z jonini tahlikaga qo'yib bo'lsa ham, qalqon bo'la oladigan halol hodimlar ham talaygina.

Lekin halq hisobidan katta maosh olib, shu halqning ziyolilarini qirg'in qilayotgan bunday guruhlar yangi DHH tizimidan chiqarib tashlanishi lozim. DHHning vazifasi insonlarning shahsiy hayotlarini kavlashtirib, rasmlarini fotomontaj qilib, ularning 'erkinlik va hurriyatiga tajovuz 'etish kabi sharafsiz va tuban bo'lmasligi kerak.

Bugunda isloh qilinayotgan DHH rahbariyati bu hususni inobatga olib, o'z nomini pokizalashga harakat qiladi deb umid qilamiz.

Manba: O'HH veb-sahifasi tahririyat

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM