O'zbekiston

Mirziyoevga ishonib qaytmoqchi bo'lgan qochqin vatanga kiritilmadi

O'zbekistonga qaytmoqchi bo'lgan 58 yoshli shvetsiyalik o'zbek qochqini Muhiddin Qurbonov 23 may kuni O'zbekiston vatandoshligidan mahrum qilinib, Toshkent a'eroportidan qaytarildi. Stokgol'mga qaytib kelgan Qurbonov voqea tafsilotlari yuzasidan «'Eltuz» muhbiriga interv'yu berdi.

«Mening qaytishimga asosiy sabab prezident Mirziyoevning chaqirig'i bo'ldi. «Qo'li qonga botmagan bo'lsa kelsin, ota-'enasini oldiga kelib yashayversin» degan gaplari menga turki bo'ldi», deydi Qurbonov.

Biroq, Toshkent a'eroportida bor yo'g'i ikki soat bo'lgan huquq faoli Stokgol'mga vatandoshligi yo'q shahsga aylanib qaytdi.

«Shamsiddinov degan leytenant bitta pechat bilan meni O'zbekiston vatandoshligidan mahrum qildi», deydi u.

Qurbonovga prezident farmoniga ko'ra, besh yil ichida O'zbekistonda bo'lmaganligi bois vatandoshlikni yo'qotganligini ma'lum qilishgan.

«O'sha kelgan samolyotimga o'tqazib qaytarib Shvetsiyaga jo'natishdi», deydi huquq faoli.

Qurbonov 2006 yili Shvetsiyadan boshpana so'ragan, biroq shu paytgacha vatanga qaytish umidida shved vatandoshligini olmasdan kelayotgan 'edi.

Shu yilning 4 dekabrida Stokgol'mda uchrashuv o'tkazib o'zbek qochqinlarini vatanga qaytishga da'vat 'etgan O'zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimboy Ozodovning tavsiyasi bilan u vatanga qaytishga ahd qiladi.

Biroq Muhiddin Qurbonovning Toshkent a'eroportida vatandoshlikdan mahrum qilinib Shvetsiyaga qaytib kelishi O'zbekistondagi «kirdi-chiqdi» muammosi 'eskicha qolayotganini ko'rsatmoqda.

Manba: Eltuz.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM