Dunyo

Avstriyada 7ta masjid yopilmoqda, “shubhali” imomlar badarg'a qilinmoqda

Posted on by in , with 0 Comments

Avstriyada chet davlatlarda moliyaviy yordam olib kelgan kamida ettita masjid yopilib, turk millatchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan imomlar mamlakatdan badarg'a qilinmoqda.

Shuningdek, mamlakatda oltita masjidni boshqarib kelgan “Arab milliy hamjamiyati“ faoliyati tugatilmoqda.

Vena hukumati bu hatti-harakatini “siyosiy islom”ga yo'l qo'ymaslik va turk millatchiligiga qarshi kurashishi bilan izohlamoqda.

Hozirda Avstriya hukumati mamlakatdagi 260 imomdan 60 nafari tarjimaiy holini o'rganmoqda.

Shulardan 40 nafariTurkiya hukumatiga yaqin ko'riladigan diniy guruh tarkibiga kiradi.

Turkiya prezidenti matbuot hizmati Vena hukumatining bu hatti-harakatini “islamofobiya” deb atadi.

Avstriya qonunchiligiga ko'ra, diniy tashkilotlarga chetdan moliya olishlari taqiqlanadi.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM