Bosh mavzular

Afsus

2000-yilda Toshkentdagi idoramizga bir militsiya mayori kelgan 'edi. Yakkasaroy tuman IIB qo'riqlash hizmatidan 'ekan. Hohlasanglar, sizlarni qo'riqlab beramiz, deb o'zining hizmatini taklif qildi. Men bizni sizlardan qo'riqlaydigan odam kerak, deb hazillashgandim. Ammo aslida bu hazil 'emasdi.

Militsiya bo'lmasa, tinchimizni kim qo'riqlaydi, deb ayyuhannos solayotgan postlarni ham o'qiyapman. Halqni, birinchi navbatda, militsiya va boshqa kuch tizimlarining zo'ravonligidan qo'rish kerak. Qonun ustuvorligining ma'nosi shu. O'zbekiston militsiyasining oldiga hech qachon halqni qo'riqlash vazifasi qo'yilmagan. Buni “O'z uyingni o'zing asra” degan shior ham aytib turibdi. Ya'ni biz seni asramaymiz, degani.

Bu “proizvol”dan militsiyaning o'zi ham jabr ko'rgan.

Hozirgi, Karimovdan qolgan tizim militsiyaning o'zini ham himoya qilishga qodir 'emas, halqni qaerdan himoya qilsin?!

Nohaq ishdan haydalgan, 20 yil ishlab, pensiyasiz qolgan militsiya hodimlarini bilaman. Militsiya haqidagi qonun hech narsani o'zgartirmadi. Hali ham o'sha qonunsizlik.

Ishonchim komil, o'sha san'at umarovlar ayolni echintirmasdan turib, o'g'irlikni ochish mumkin 'emas, deb ishonadilar. Bir vaqtlar OBSE Farg'ona vodiysida ichki ishlar hodimlari uchun qiynoqlarga qarshi treyning o'tkazgan. Chet 'ellik 'ekspert qiynoq bilan olingan ko'rsatma noqonuniy va samarasiz desa, Farg'ona UVDsi hodimi “qiynamasa, qanday qilib ko'rsatma oladi?” deb bir soat tortishganini aytib berishgandi.

Karimov militsiyaning qo'liga qurol berib, tirikchiligingni qilaver, degan bo'lsa, Mirziyoev huddi shu zo'ravon va ayolni echintiradigan zehniyatdagi militsiyaga uy qurib berayapti. Karimovga o'hshab kuch tizimlariga tayanyapti.

Yana o'sha – yangisini qurmay, 'eskisini ham buzmay, “o'zimizga hos, o'zimizga mos” changalzordan ketayapmiz.

Afsus.

Bu changalzorga kamera o'rnatib qo'ygan bilan, hech narsani ko'rib bo'lmaydi.

Simptomatik 'epilepsiya degan kasallik bor. Bosh miya ishlamaydi.

Kattaqo'rg'onlik oper – simptom, holos. Muammo 'esa fundamental – tepada va chuqur.

Pahlavon Sodiq

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM