Bosh mavzular

20 yillik ayriliqdan so'ng Muhammad Bekjon farzandlarini ko'rdi

Bi-Bi-Si radiosining habar berishicha, O'zbekistonlik sobiq siyosiy tutqun Muhammad Bekjon AQShning Si'etl shahrida qariyb 20 yillik ayriliqdan so'ng farzandlari bilan ko'rishgan.

Yaqinlari o'zlarining Feysbukdagi sahifalarida hayajonli lahzalarni jonli namoyish 'etdilar.

“'Erk” gazetasining bosh muharriri Muhammad Bekjon 1999 yilda Toshkent portlashlarida ayblanib, Kievda hibsga olingan va O'zbekistonga 'ekstraditsiya qilingan.

O'sha yilning kuzida Toshkentda o'tgan mahkamada Muhammad Bekjon va boshqa ayblanuvchilar o'zlariga qo'yilgan ayblarni rad 'etishgan va qiynoqqa solinganliklarini aytganlar.

O'zbekiston mahkamalari Muhammad Bekjonga chiqarilgan 11 yillik dastlabki mahkama hukmini uzaytirib kelganlar.

Frantsiyadagi “Chegara bilmas muhbirlar” tashkiloti 64 yoshli Muhammad Bekjonni “dunyoda 'eng uzoq muddat qamoqda o'tirgan jurnalist” deb atagan.

18 yilni panjara ortida o'tkazgan Muhammad Bekjon 2017 yil boshida ozod 'etildi.

U o'zining tutqunlikdagi hayoti haqida “Alvido, Jasliq” va “Qo'rquvning nariyog'ida” deb nomlangan kitoblarini nashr 'etdi.

Muhammad Bekjon Amerikada qolmoqchi 'emasligi, vatani O'zbekistonga qaytish istagida 'ekanini aytgan.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM