O'zbekiston

GM Uzbekistan mashinalari narhini 1 avgustdan necha foizga oshirishi aniq bo'ldi

1 avgustdan O'zbekistonda GM Uzbekistan mashinalari narhi o'rtacha 14 foizga oshadi. Bu haqda “O'zavtosanoat” boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqovga tayanib, kun.uz ma'lum qildi.

Kuni kecha Ozodlik “Halq so'zi”ga tayanib, GM Uzbekistan shirkati O'zbekiston bozori uchun ishlab chiqargan avtomobillar narhi 10-12 foizga oshirayotgani haqda habar qilgan 'edi.

“Hozircha aniq miqdor ma'lum 'emas. Lekin narhlardagi o'zgarish 10-12 foizni tashkil qilishi kutilmoqda”, degan 'edi manba.

'Eslatib o'tamiz, bundan bir kun oldin kompaniyaning Rossiya bozori uchun chiqariladigan Ravon brendi avtomobillarining uchtasida narhlar oshirilgandi.

“GM-O'zbekiston” qo'shma korhonasi yiliga 150 mingdan ziyod avtomobil' ishlab chiqaradi.

O'zbekistonda ishlab chiqarilgan bu avtomobillarning 40 foizi MDH davlatlariga 'eksport qilinadi.

O'zbek avtomobilining asosiy importchilaridan biri Rossiyadir.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM