Dunyo

'Erdo'g'on: Sentyabr' oyida Suriya masalasida sammit o'tkazamiz

Posted on by in , with 0 Comments

Turkiya sentyabr' oyida Suriya konflikti hamda mintaqadagi boshqa masalalarni muhokama qilish uchun Frantsiya, Germaniya hamda Rossiya ishtirokida sammit o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Turk matbuoti 29 iyul' kuni tarqatgan habarlarda yozilishicha, 'Erdo'g'on uchrashuv 7 sentyabr' kuni Istanbulda bo'lib o'tishini aytgan.

Prezident sammit kun tartibi tafsilotlarini ochiqlamagan, ammo Anqara “ushbu to'rtlik tashqarisida Rossiya bilan dialog olib borishda davom 'etishini” aytgan.

Rasmiy Moskva, Parij yoki Berlin sammitda qatnashishini hali tasdiqlagani yo'q.

Rossiya 'Eron bilan bir qatorda Suriya prezidenti Bashar Asadni qo'llab keladi. Etti yildan beri to'htamayotgan urush yuz minglab odam umriga zomin bo'ldi.

Turkiya, Frantsiya va Germaniya Suriyada boshqa-boshqa isyonchi guruhlarni dastaklab keladi.

Hafta boshida 'Erdo'g'on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Janubiy Afrikada uchrashgan 'edi.

27 iyul' kuni Janubiy Afrikada BRICS sammiti boshlandi. Bu guruh Rossiya va Janubiy Afrikadan tashqari Braziliya, Hindiston va Hitoyni o'z ichiga oladi.

Shuningdek, 'Erdo'g'on yaqin kelajakda Putin hamda 'Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan Tehronda uchrashishini aytdi.

Ohirgi marta bu uch etakchi aprel' oyida Anqarada uchrashgan 'edi.

O'shanda Turkiya, Rossiya va 'Eron prezidentlari Suriyada tinchlik o'rnatishga qaratilgan sa'y-harakatlarni kuchaytirishga kelishib olgan 'edi.

Suriya konfliktida turli taraflarni dastaklab kelayotgan Turkiya, Rossiya va 'Eron ushbu mavzuda muzokaralarni o'tgan yilda Qozog'iston poytahti Ostonada boshlagan 'edi.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM