O'zbekiston

Interpol: 1098 o'zbekistonlik 'ekstremizm, 131 nafari odam savdosida ayblab, qidiruvga berilgan

IIV Jamoatchilik va ommaviy ahborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi Interpolning O'zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi (MMB) boshlig'i, polkovnik Rustam Isroilov bilan suhbatni chop 'etdi.

Suhbatdan ma'lum bo'lishicha, shu kunda odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlarda ayblangan 131 shahs Interpol orqali qidiruvga berilgan.

'Ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq jinoyatlarda ayblab, qidiruvga berilganlar soni 'esa 1098 nafar bo'lib, bularning 175 nafari chet 'elda 'ekani aniqlangan. MMB boshlig'i, polkovnik Rustam Isroilovga ko'ra, shu yilning 6 oyi ichida ushbu jinoyatlarda ayblangan yana 54 kishi halqaro qidiruvga berilgan.

So'nggi oylar ichida iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, halqaro qidiruvga berilgan bir necha o'zbekistonlik 'esa BAA, Hitoydan 'ekstraditsiya qilingan.

Shuningdek, terrorizm bilan bog'liq jinoyatlarda ayblangan bir o'zbekistonlik Turkiyada, yana biri Qirg'izistonda hibsga olingani ham ma'lum qilindi.

Rasmiy ma'lumotga ko'ra, Interpol MMB IIVning Terrorizm va 'ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi hamda Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hodimlari bilan birga Turkiyaga safar qilgan hamda turk hamkasblari bilan muzokaralar ham o'tkazgan.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM