Bosh mavzular

Akrom Malikning peshonasi nega keng?

Bir vaqtlar ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarimizni virtual do'stimiz Akrom Maliksiz tasavvur qilish oson 'emas 'edi. Garchi hayotda biror marta uchrashmagan bo'lsak ham, virtual olamda qarashlarimiz keskin farq qilmasdi. Jonkuyar, millat va Vatan manfaatini har narsadan ustun qo'yuvchi do'stimiz bugun katta sinovlarni boshidan kechirayapti, Usmon Nosir, Cho'lpon, Qodiriy, Fitrat kabi millat gultojlari kabi u ham qalbiga qamay olmagan so'zlarining jabrini tortayapti. Alloh taqdiriga turli sinovlarni ko'proq yozish uchun Akromning peshonasini keng qilib yaratgan bo'lsa ne ajab?

Nega bugun uni 'eslab qolganimni bilmayman. Balki avvaliga Akrom Malikning ijtimoiy tarmoqlarda ko'rinmay qolganini ilmiy izlanishlariga ko'proq vaqt ajratish uchun bo'lsa kerak, deya qabul qilgandirman. Ammo uning qo'rqinchli ayblar bilan qamalganini bilib, qariyb karaht holga tushganim aniq. Ahir u biz bilan bir safda 'edi, undan millat va Vatan dushmani chiqishi mumkin 'emas!

Akrom Malikka Yaratgan hammamizdan kuchliroq sabr, toqat va quvvat ato 'etgani aniq. Chunki hech bir bandaga toqatidan ortiqcha sinov berilmaydi. May oyida prezident Shavkat Mirziyoev afv 'e'lon qilishi kutilayapti. Umid qilamanki, afv qilib, ozodlikka chiqarilganlar orasida millat gultojlaridan bo'lmish Akrom Malik ham bo'ladi. U oramizga qaytib, sog'lom fikri, 'erkparvar, millatparvar 'ezgu g'oyalari bilan davlat va jamiyat ravnaqi uchun bor aqlu idroki, kuch-g'ayratini safarbar 'etadi, Navoiyning merosini halqqa yaqinlashtirishga o'z hissasini qo'shadi. Akrom Malikning peshonasi keng, unga faqat yomon 'emas, juda ko'p yahshi kunlar ham yozilgan. O'sha kunlarda uning quvonchiga sherik bo'lish nasib qilsin.

Sanjar Said

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM