Bosh mavzular

Rossiyalik jurnalist O'rhon Jamol Markaziy Afrika Respublikasida o'ldirildi

Bi-Bi-Si radiosining rus hizmati habar berishicha, uch nafar rossiyalik jurnalistlar O'rhon Jamol, Aleksandr Rastorguev va Kirili Radchenkolar Markaziy Afrika Respublikasida o'ldirilgan.

O'ldirilgan jurnalistlar ichida jurnalist O'rhon Jamolning ham bor 'ekanligi haqda Bi-Bi-Si radiosiga uning do'sti Maksim Shevchenko va yana bir tanishi habar bergan.

Biz birgalikda Markaziy Afrika Respublikasi bo'yicha loyiha tayyorlayotgan 'edik. O'tgan kuni kechasi ular ohirgi marta aloqaga chiqishdi. To'g'risi, gapirish juda ham og'ir, ular mening do'stlarim, – dedi Bi-Bi-Siga “TsUR”ning bosh muharriri Andrey Konyahin.

Frans-press agentligi manbaga tayangan holda, o'ldirilganlarning tahminan rossiyalik bo'lganliklarini va ularning oldilarida matbuot-kartalari bo'lganligi haqda habar bermoqda.

Agentlikning aniqlashicha, ularning jasadlari Sibyu shahridan 23 kilometr uzoqlikda yo'l yuzida topilgan. Manbalarning aytishicha, ular “noma'lum qurollangan shahslar” tomonidan o'ldirilgan.

“Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qotillik o'g'irlik maqsadida amalga oshirilgan”, deydi “Interfaks”ning Markaziy Afrika Respublikasining politsiyasidagi manbasi.

«Izvestie» matbuot hizmatida, so'nggi paytlarda nashriyot hodimlaridan hech biri Markaziy Afika Respublikasi hududida bo'lmaganligini aytishdi.

Tahririyatning barcha hodimlari odatiy rejimda ishlamoqda, jurnalistlarimiz bilan bog'liq favqulodda vaziyatlar haqida hech qanday ma'lumotga 'ega 'emasmiz, – deyiladi nashriyotning saytida 'e'lon qilingan habarda.

O'rhon Jamol Markaziy Osiyo, hususan, O'zbekistondagi voqealarni yaqindan yoritgan kam sonli rossiyalik jurnalistlardan 'edi.

U jumladan, Andijon qirg'ini va 2010 yildagi O'sh hamda Jaloloboddagi hunrezliklar haqida lavhalar tayyorlagan.

2016 yil kuzida Bi-bi-si bilan suhbatda O'rhon Jamol Andijon qirg'ini haqida gapirib bergan 'edi.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM