O'zbekiston

Millionlab odam qul kabi hayot kechirmoqda

Bir tiyin

Odil Ahmedovga Rossiyadan turib “salom“ yo'llagan bir tiyinlik akahon juda mashhur bo'lib ketdi. Qaerga qarasang “bir tiyin“, degan gap. Galstuk taqqan u insonga umid nazari bilan qarab turgan, haqqini ololmagan, rusni qo'lida hor bo'lib yurgan yigirma to'rtta yurtdoshimizga doimgiday hech kim 'e'tibor qaratmadi.

O'sha insonni birgina noto'g'ri gapi bilan hamma bir tiyinga 'e'tibor qaratdi. U odam va uni gapi haqida alohida to'htalarman.

Hozir 'esa o'sha ariza yozib galstuklik qahramonni chaqirgan, kvartirasiga pul topa olmay, eb-ichgani boshqalardan qarz olib yashayotgan minglab odamlar tilidan yangragan o'sha yigirmata odam erdan chiqqan qo'ziqorinmi? O'sha yigirma odam va ularga o'hshagan minglab, balki, millionlab vatandoshlarimizni odamga o'hshab yashashga haqi bormi? Ularda huquq degan narsa bormi?

O'zbekiston respublikasi pasportiga “O'zbekiston pasportiga 'ega shahslar davlat himoyasidadir“, deyilgan. Ammo nima uchun millionlab insonlar taqdiriga befarq qaraladi? Nima uchun ularni huquqi himoya qilinmaydi? Har yili qurilishlarda yuzlab odamlar o'layotgani, ularni haq va huquqlari himoya qilinmayotganini kimdir gapiradimi?

Har kuni huquqsiz o'zbeklar bekordan bekorga Rossiya “obezyankalarida“ soatlab, ba'zida sutkalab vaqtini o'tkazayotganidan bu davlat 'egalarini, kattalarini habari bormi?

O'zbekni qaerda ko'rmasin to'htab, quvlab pul talab qiladigan o'risni politsiyasi bu “chorniylarni“ hech qanday himoyasi yo'qligini bilgani uchun, bu qullarga qaraganda 500 rublni ko'rgani uchun shunday qilishini birorta yurist, birorta huquqbon, birorta deputat gapira oladimi?

Yoshlarni qul kabi sotib olib, o'rmonlarga olib borib ishlatayotgan ruslar ustidan biror marta jinoiy ish qo'zg'atish uchun yoshlar himoyachisi bo'lgan uyushgan yoshlar ittifoqi biror harakatni amalga oshirdimi?

Ming 'emas, yuz ming 'emas, millionlab odam, tushunyapsizmi? Millionlab odam qul kabi hayot kechirmoqda. Sizni nomingiz davlatmi, organmi, podshohmi, vazirmi, parlamentmi bilmayman. Bu ishlarga kim javobgar 'ekanligini ham bilmayman. Ammo bir narsani aniq bilaman. Sizlar u insonlarni haqini eb yotganlaring uchun ular o'sha hayotda yashamoqdalar. Kun 'emas, oy 'emas yillab, o'n yillab hayotlarini mutlaqo himoyasiz holatda, farzand va oilalaridan uzoqda o'tkazishmoqda.

Qachongacha millionlab insonlar hayotiga panjara ortidan qaraladi?

Bizchi, biz? Bir tiyin, deb bir tiyinlik odamni gapini muhokama qilib, huquqi poymol bo'lib, kvartirasiga pul topa olmay fevral' oyida ko'chada qolgan o'zbek, millatdosh, vatandoshlarimiz bo'lgan o'sha insonlar taqdirini muhokama qildikmi? Muammo haqida yozib, uni echimlari haqida takliflar kirita oldikmi?

Haqini egan davlatni, poraho'rlarni, huquqbonlarni, amaldorlarni ayblay olmay, barcha aybni Odil Ahmedovga ag'dargan u odam bilan, yigirmata vatandoshi qul kabi ishlab, o'z haqini ololmaganini bila turib, o'sha vatandoshlariga 'emas, bir tiyinlik akaga 'e'tibor qaratgan bizni o'rtamizda qanchalik farq bor? U ham asosiy aybdorlarni chetlab, boshqani aybladi. Biz ham asosiy mavzu qolib, bir tiyinlik odamni bir tiyinlik gapi muhokamasiga kirishib ketdik.

Qorni to'q, issiqqina uyida o'tirgan odamlarga qorni och, qul kabi hor, hech qanday huquqsiz insonlar hayoti bir tiyin.

Sayyid Islom

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM