Bosh mavzular

Siyosatdan boshqa sohalar ham islohotlarga muhtoj

Bir do'stimizni FBdagi ko'tarilayotgan dolzarb mavzularga qarata, bu tuzimni tagidan o'zgartirish kerak, hamma kasal shu tuzimda degan munosabati, biroz keskin tuyulsada, aslida ham shunday 'ekani har bir sohada yaqqol ko'rinib qolmoqda.

To'g'ri biz ko'proq mamlakatdagi siyosiy ahvolga baho berib kelyabmiz. Ammo siyosatdan tashqari barcha sohalar ham islohotlarga muhtoj. Hatto, oddiy ko'rinib turgan muammolarni ham hal bo'lmayotgani, masalani echimi oldida qo'plagan sun'iy to'siqlar qo'yilgani, hech bir sohaga begona 'emas.

Misol tariqasida aytsak, o'rta va oliy ta'lim berish maskanlaridagi o'quv qurollari yoki dasturlarini oladigan bo'lsak, imtihon talablari bilan o'quv darsliklari hech qachon mos kelmaydi. O'quvchi maktabni tamomlab, imtihon topshirmoqchi bo'lsa, maktabdagi 'eng faol o'quvchilar ham qo'shimcha darslarning yordamisiz o'ta olmasligi tayin. Oliy o'quv yurtini tamomlagan talaba 'esa bugungi kun talabiga javob beraolmaydi.

Bu muammolarning sababini so'rasangiz, yoshlarda o'qishga qiziqish yo'q degan vaj bilan o'zlarini oqlab qolishadi. 11 yil maktabda o'qigan o'quvchi ikki uch oylik repititorning yordamisiz imtihonlardan o'ta olmaydi. Besh yil til sohasida o'qigan talaba o'rgangan tilini mukammal o'zlashtiraolmaydi undan ko'ra olti oy qo'shimcha kursga borgan har qanday kishi o'rganmoqchi bo'lgan tilni yahshiroq o'zlashtira oladi. Hatto, jahon standardlariga mos ravishda imtihonlardan o'tib ketishi mumkin.

Qolgan barcha sohalarda ham ayni muammoni kuzatish mumkin.

'Endi hulosa o'zingizdan. Rostdan ham tuzimni o'zgartirish kerakmi yo….?

Husniddin Sharif

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM