Dunyo

'Erdo'g'on: Hashoggini o'ldirish bir necha kun oldin “rejalashtirilgan”

Posted on by in , with 0 Comments

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib 'Erdo'g'onning aytishicha, saudiyalik jurnalist Jamol Hashoggini o'ldirish rejasi bir necha kun oldin “rejalashtirilgan”.

23 oktyabr' kuni parlamentda o'zi etakchilik qilgan AK partiyasi faollari o'ngida chiqish qilgan 'Erdo'g'on Saudiya agentlari Hashoggi o'limidan bir necha kun oldin Turkiyaga kela boshlashganini aytdi.

“Vashington post”ga maqolalar yozgan Hashoggi 2 oktyabr' kuni Istanbuldagi Saudiya konsulligi binosiga kirishi ortidan g'oyib bo'lgandi.

'Erdo'g'onning aytishicha, o'sha kunning o'zida 15 saudiyalikdan iborat bir guruh bino ichkarisiga kirgan va keyinchalik ulardan uch nafari Istanbuldagi Belgrad o'rmonida sayr qilgan.

Saudiya Arabistoni rasmiylari avvaliga Hashoggining konsullik binosi ichida “mushtlashuv” oqibatida halok bo'lganini tasdiqlashdi va aybdorlar jazolanishini ma'lum qilishdi.

Ammo g'arb davlatlari bu izohni etarsiz deya baholadi.

Saudiya Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr, Saudiya Arabistoni jurnalist o'limini izchil o'rganib chiqishini bildirdi.

Turkiya va Saudiya Arabistoni avvalroq qo'shma tergov guruhini tuzdi.

'Erdo'g'on Saudiya rasmiylari qotillikni kim rejalashtirganini ochiqlashi shartligi va aybdorlar Istanbulda sudlanishi zarurligini aytdi.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM