Bosh mavzular

Toshkentda maktab o'quvchisi dars paytida o'qituvchini urib, burnini sindirdi

Toshkentdan kelgan habarlarga ko'ra, 2018 yil 24 oktyabr' kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan 160-sonli maktabning 10 “G” sinf o'quvchisi Mahmud Aliev (2000 yilda tug'ilgan) dars payti fizika fani o'qituvchisi Denis Rundaevni kaltaklab, burnini sindirgan. Bundan tashqari, o'qituvchi yuzidan ko'plab jarohatlar olgan.

Maktab o'qituvchilari va o'quvchilarining habar berishicha, janjal o'qituvchi Denis Rundaev dars payti quloqlariga quloq karnaychalari taqib olib, o'zining mobil telefonida nimanidir ko'rayotgan o'quvchi Mohinur Yahshimuratovaga qo'pol tarzda tanbeh bergani ortidan kelib chiqqan. “Denis Aleksandrovich Mohinurga tanbeh bergach, sinfdoshimiz Mahmud Aliev Mohinurning himoyasi uchun gapirdi. O'qituvchimiz 'esa Mahmudga “kattalarga aql o'rgatmaslikka va o'qituvchining ishiga burun tiqmaslikka” chaqirdi. Shundan so'ng Mahmud birdan Denis Aleksandrovichning yuziga musht tushirdi va uning boshiga tepa boshladi “, – deyishdi Toshkentdagi 160-sonli maktabning 10 “G” sinf o'quvchilari. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, janjaldan biroz vaqt o'tgach maktabga Yakkasaroy tumani ichki ishlar bo'limi hodimlari kelishgan.

2000 yilda tug'ilgan Mahmud Aliev Toshkentdagi kollejladan birida o'qib, fanlarni o'zlashtira olmaganligi va yomon hulqi tufayli kursda qoldirib kelingan. O'zbekistonda kollejlar yopilgach, u 160-maktabning 10 “G” sinfiga qabul qilingan. Shu sababdan 2000 yildan tug'ilgan Mahmud Aliev o'zidan ikki yosh kichik (2002 yilda tug'ilgan) o'g'il-qizlar bilan o'qib kelgan.

160-sonli maktabda ta'lim olayotgan ba'zi o'quvchilarining ota-onalarining aytishicha, bu erdagi janjal va mojarolar maktab direktori Irina Kazakovaning maktabdagi ichki intizomga befarqligidan kelib chiqmoqda. Ularning fikricha, aynan uning adolatsizligi va ochko'zligi sabab maktabda o'qituvchilar va o'quvchilar, ota-onalar va maktab rahbariyati o'rtasida qarama-qarshilik va ziddiyatlar yuzagan kelmoqda.

“Birinchidan, I. Kazakova qo'l ostidagi o'qituvchilarni o'ziniki va begonalarga ajratgan. Shu sababdan bu maktabda direktorning “moliyaviy” siyosatidan norozi o'qituvchilarga ishlash juda qiyin. Shu sabadan bu maktabdan malakali o'qituvchilar ketishga majbur bo'lishmoqda. Ikkinchidan, I. Kazakova o'quvchi va ularning ota-onalarini ham “to'lovga qobiliyatlilar” va “to'lovga qobiliyatsizlar”ga ajratgan. Shu sababdan 160-maktabda sinf va maktab fondlariga doimiy to'lovlarni bera olmaydigan o'quvchilar va ularning ota-onalariga o'ta qiyin”, – deydi ushbu maktabda farzandlari ta'lim olayotgan ota-onalarning ba'zilari.

I. Kazakovaning o'quvchi va o'qituvchilarni tanlab olish borasidagi “tushunarsiz” siyosatiga misol tariqasida ular quyidagi voqeani keltirishdi.

Shu yil yozida mahsus imtihonlarda maktabning iqtisodiyotga ihtisoslashtirilgan sinfiga kirish uchun etarli ball ola olmagan olti nafar o'quvchi (Rezat Sultangaliev, Daniil Safin, Sherzod Mirvaliev, Shamshod Ho'jaev, Ibrohim Qobulov va Umida Hursanalieva) joriy o'quv yili boshidan aynan shu ihtisoslashtirilgan sinfda o'qishni boshlashgan.

Shu va shunga o'hshash adolatsizlik holatlari yuzasidan ba'zi ota-onalar va hattoki bir nechta o'qituvchi turli idoralarga murojaat qilib, murojaatlarida maktab direktorining beboshligidan shikoyat qilib kelishmoqda. Biroq yuqori idoralardan kutilgan reaktsiya bo'lmagan va bo'lmayapti ham. Shu sababdan Irina Kazakova o'qituvchilar orasida “cho'kmas direktor” laqabini olgan.

Aynan shuning uchun o'qituvchilar va ota-onalar 160-sonli maktab direktori I. Kazakova bu safar ham, fizika o'qituvchisining 10 sinf o'quvchisi tomonidan kaltaklangani bilan bog'liq mojarodan ham suvdan quruq chiqishiga ishonishmoqda.

Ikrom Jo'raev
25.10.2018 y.

facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM