Bosh mavzular

“Biz Adriatikadan to Buyuk Hitoy devoriga qadar, 300 million kishidan iborat katta oilamiz”

Turkiya prezidenti Rajab Toyib 'Erdo'g'on saudiyalik jurnalist va muholifat a'zosi Jamol Qoshiqchining o'limini tergov qilish borasidagi asosiy ahborot manbasi bo'lib qolmoqda. Va, 'ehtimol, ushbu oqibati noaniq bo'lib turgan shov-shuvli siyosiy janjal, Turkiya prezidentining Moldovaga qilgan tashrifini orqa planga surdi. Ayni paytda aynan shu erda, Gagauziya poytahti Komratda Turkiya prezidenti tarihiy va dasturiy deb atash mumkin bo'lgan bayonot bilan chiqish qildi. 'Erdo'g'on, Turkiyaning Moldova halqini, shu jumladan Gagauziya Turklarini qat'iy qo'llab-quvvatlashda davom 'etishini ta'qidladi, hamda boshqa madaniyat vakillariga nisbatan dushmanlik, vabo kabi butun jahon bo'ylab tarqalayotganini qayd 'etdi. So'ngra Turk dunyosi chegaralari haqidagi o'z fikrlarini shunday bayon 'etdi: “Biz Adriatikadan to Buyuk Hitoy devoriga qadar, 300 million kishidan iborat katta oilamiz”.

Aslida, Buyuk Hitoy devori – Hitoy halq respublikasining Misr piramidalari va Parijning 'Eyfel minorasidan kam mashhur bo'lmagan,  taniqli turistik tarihiy obida, “brend”laridan biridir. Tarihchilar devorning qaysi qismi qachon qurilganligi haqidagi ma'lumotlarni aniqlashtirishmoqda. Turistik firmalar devorning qayta tiklangan qismlari bo'ylab safarlar tashkil qilishadi. Faqat tarihdan boshqa ma'lumotlar ham ma'lum. Devor qadimgi Hitoy chegarasi bo'ylab himoya inshoati sifatida qurilgan. Bu tarzda 'esa, Hitoy o'zaro munosabatlari unchalik ham yahshi bo'lmagan Turk ko'chmanchilaridan himoyalanishga urunishgan. Devor Hitoy va Turk dunyosining tarihiy chegarasining mana shunday yodgorlik belgisidir.

Bugun 'esa ushbu devor Hitoy davlati chegarasidan juda ham uzoq masofadan o'tadi. Va, 'eng asosiysi, devordan shimol tarafda Ichki Mongoliya, va yanada muhimrog'i, Hitoyning Uyg'ur avtonom tumani – Sin'tszyan joylashgan. Ko'pchilik Sharqiy Turkiston deb ataydigan bu erlar, Hitoy tarkibiga mahalliy o'lchovlarga ko'ra unchalik ham uzoq vaqt avval kiritilmagan, ya'ni XVIII asrda. Bundan tashqari, «Sin'tszyan» so'zi hitoychadan tarjima qilinganda, “yangi chegara” deganidir.

Turkiya prezidenti 'Erdo'g'on 'esa, Buyuk Hitoy devorini Turk dunyosining chegarasi sifatida aynan Hitoyning Uyg'ur avtonom tumani – Sin'tszyandan qatag'onlar haqida uzluksiz havotirli habarlar kelayotgan vaqtda ta'kidlab o'tdi. U erdagi “ahloq tuzatish lagerlari”da turli ma'lumotlarga ko'ra 1 milliondan 12 milliongacha odam total kuzatuv rejimi ostida tutilmoqda, shu jumladan mobil aloqa bo'yicha telefon suhbatlari va messenjerlar orqali habar almashinuvi ham nazorat ostida. Va, agar, Uyg'urlarning Hatoydagi ahvoli haqida so'nggi paytlar jahon hamjamiyati nihoyat to'liq ovoz bilan gapira boshlagan bo'lsa, ammo bu daraja ushbu muammo birinchi bor ko'rsatildi.

Bunga qaramay, Hitoyning Uyg'ur avtonom tumani – Sin'tszyanda vaziyat juda ham havfli stsenariy bo'ylab rivojlanmoqda. Ta'kidlab o'tish joizki, so'z faqatgina boshqalar tahmin qilganidan ko'ra ko'proq bo'lib chiqqan, alohida “to'polonchilarni” aniqlab, bartaraf 'etish haqida ketmayapti.

Mutahissislarning ta'kidlashicha, agar Hitoyning avvalgi “sotsialistik” yillarida “sotsialistik internatsionalizm” mafkurasiga amal qilingan bo'lsa, hozirda 'esa milliy kamchilikni hitoy 'etnosi va madaniyatida to'liq “'eritib” yuborishni ko'zlamoqdalar. Hitoyning Uyg'ur avtonom tumani – Sin'tszyanda ahloq tuzatish lagerlariga tushish uchun – Qurbon bayrami bilan tabriklash, “musulmoncha” kiyim kiyish yoki o'zi bilan shahsni tasdiqlovchi hujjatni olib yurmaslik etarli bo'ladi.

2014 yilning aprel oyida Hitoy lideri, HHR raisi Si Tszin'pin Hitoyning Uyg'ur avtonom tumani – Sin'tszyanga o'zining ilk va hozircha yagona tashrifi chog'ida mahalliy hokimiyat oldiga shunday vazifa qo'ygan: har qanday millatdagi barcha mahalliy aholi o'zini “bizning buyuk vatanimiz, hitoy millati va hitoy madaniyati” bilan tanishi kerak. Shu sababdan bu erda uyg'urlarning o'z uyg'urliklarini saqlab qolish imkoniyatlari deyarli yo'q.

Pekinning yashirin motivlari tushunarli. Bu erda, aftidan, klassik komunistik mafkura, hamda hitoy variantida, “hitoy iqtisodiy mo'jizasi” bilan yahshi mos 'emas degan fikrga kelishgan, va mos ravishda mamlakatni Shimoliy Korea darajasiga “tushirish”ni afzal ko'rishgan. 'Eng yahshi yo'l millatchilik deb topilgan. Aftidan, Pekinda, Hitoyning Uyg'ur avtonom tumani – Sin'tszyandan Suriyaga jang qilish uchun ketayotgan “musulmon 'ekstremistlar” haqida gapni boshlash bilan, jahon hamjamiyati darrov 'eng shafqatsiz qatag'onni ham olqishlaydi deb ishonishgan. Lekin, adashishgan ko'rinadi. Nihoyat, Hitoy va AQSh orasidagi raqobatning kuchayganligi fonida, bu raqobat 'esa faqat “savdo-sotiq urushlari” bilan chegaralanib qolmaydi, Hitoyning Uyg'ur avtonom tumani – Sin'tszyandan umuman boshqacha habarlar kelmoqda. Pekinning mintaqada hukmronlik qilishga intilishi, Janubiy Hitoy dengizi hududidagi Hitoy 'ekspansiyasi – bularning hech biri Vashington nazaridan chetda qolmayapti.

Ammo AQShning uyg'urlar vaziyatiga 'e'tibori – bu hozircha faqatgina tahmin va versiyalar bo'lsa, 'Erdo'g'onning Buyuk Hitoy devorining Turk dunyosi chegarasi 'ekanligi haqidagi bayonoti 'esa – amalga oshirilgan faktdir. Buning ortidan 'esa, Turkiyada Hitoydagi uyg'ur, qozoq, totor va boshqa turk tilli halqlarning vaziyatiga bo'lgan 'e'tibor juda yuqori darajaga chiqganini ko'rish qiyin 'emas.

Va, yana bir holat. Kommunistik mafkurani millatchilik bilan almashtirishga urunish zamonaviy tarihda birinchi marta kuzatilmayapti. Va gap faqat, Moskvaning ishorasi bilan mahalliy, kelib chiqishi turk bo'lgan aholiga shahsiy ismlarini bolgarchaga o'zgartirishlarini tavsiya qilgan, hamda “noto'g'ri” ismlar ikkinchi jahon urushi qahramonlari yodgorliklariga ham yozilgan Bolgariya haqida 'emas. Bundanda muhimroq misol ham bor – Yugoslaviya. U erda ham huddi shunday partiyaning yangi lideri Slobodan Miloshevich proletar internatsionalizmni buyuk serb shovinizmi bilan almashtirishga urunib ko'rdi. Aynan uning davrida Kosovoda, mahalliy albanlar orasida “parallel davlat”ning noyob tizimi yuzaga keldi va odamlar yugoslav shahsni tasdiqlovchi hujjatlarini olmadilar, alban-pedagoglar serb o'quv darsliklari bo'yicha dars berishdan bosh tortdilar, o'quvchilar 'esa undan o'qishdan va o'z-o'zini boshqaruvchi yarim hufiya maktablarda ilm olishni afzal ko'rishgan 'edi…

Bunday siyosat natijasi sifatida uncha ham ko'p vaqt o'tmay Yugoslaviya jahon haritasidan shunchaki yo'q bo'lganini 'eslatish lozim 'emasdir? Va Belgrad nafaqat birlashgan Yugoslaviyadan rasman chiqish huquqiga 'ega bo'lgan Horvatiya, Makedoniya, Chernogoriya hamda Bosnya va Gertsogovina ustidan nazoratni qo'ldan chiqardi, balki chiqish huquqiga 'ega bo'lmagan Kosovoni ham yo'qotdi.

Bunday holatda hech bo'lmaganda, tez orada Sin'tszyanning “yangi chegara”dan 'eskisiga aylanib qolishini, navbatdagi yangi chegara 'esa aynan tarihiy chegaralar bo'ylab o'tishini istisno qilib bo'lmaydi.

Nuroniy, Minval.az siyosiy sharhlovchisi

Manba: Minval.az

O'HH ahborot bo'limi
Rus tilidan o'zbekchaga o'girildi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM